16:14 / 13.09.2018
5 297

Maslahat bering: “Onamni koʻrganlar menga qizini berishni istamayapti!”

Маслаҳат беринг: "Онамни кўрганлар менга қизини беришни истамаяпти!"
“ONAMNI OʻZGARTIROLMAYAPMAN”

— Assalomu alaykum! Oilada ikki farzandmiz. Opam turmushga chiqib ketgan, farzandlari bor. Mening yoshim esa oʻttiz ikkidan oshdi hamki, hali uylanmadim.

Bakalavrni tamomlagach, magistraturani chet elda oʻqidim. Hozirda katta bir korxonaning egasiman. Yoshim kattaligi sabab biror qizga koʻngil qoʻyib, ishq-muhabbat oʻyini qilish koʻnglimga sigʻmaydi. Qancha yaxshi qizlarga sovchi qoʻydim, lekin ularning ota-onasi onamni koʻrgach, qizlarini berish fikridan qaytib qolishyapti. Onam nafaqadagi jurnalist. Lekin yurishidan uyalib ketaman. Qancha taʼkidlashga urinmay, baribir, oʻz bilganidan qolmayapti. Onasini muhokama qilayotgan oʻgʻildan nafratlanayotgandirsiz, ehtimol. Biroq men onamni hammadan orasta, hammadan goʻzal boʻlib yurishini istayman. Hattoki qoʻshnilar, qarindoshlarimiz ham bu borada onamga xoʻp nasihat qilishdi.

Bir kuni ishxonamga kelibdi. Kotiba qiz “Sizni gʻalatiroq bir ayol soʻrayapti. Pul soʻrab kelgan boʻlsa kerak”, dedi. Yoʻlakka chiqsam, onam bechora uniqqan koʻylakda, yelimi qochgan eski oyoq kiyimda dildirab turibdi. Koʻnglim buzilib ketdi. Azizlarim, onamni oʻzgartirishim kerakmi yoki onamga mos kelin topishim?
… 78-87 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Maslahat bering: “Onamni koʻrganlar menga qizini berishni istamayapti!”