Har bir kishi oila atalmish muqaddas goʻshani qurar ekan, yori bilan bir umr baxtli hayot kechirishni, shirindan-shakar farzandlarni ulgʻaytirib, ularning yaxshi kunlarini koʻrishni, hayot soʻqmoqlarida jufti bilan birga qadam tashlashni istaydi. Har bir oilaning oʻz baxt sirlari bor. Baxtli oilaning sirlari nimalarda namoyon boʻladi? Keling, bu sirlarni siz bilan oʻrtoqlashamiz.
Oʻzaro hurmat baxtli oilaning eng birinchi sirlaridan biri. Hurmat boʻlmasa, haqiqiy muhabbatni tasavvur etish qiyin, oʻzaro hurmatsiz esa oila boʻlmaydi.
Ishonch. Juftingizning ishonchini yillar davomida qozonishingiz kerak, ammo uni bir daqiqada yoʻqotib qoʻyish hech gap emas.
Bir-birini tushunish. Ayol va erkak turlicha fikr yuritadi. Ammo biz insonlarmiz, shu bois ham bir-birimizni tushunishga harakat qilishimiz kerak.
Tinglay olish. Ikki kishi bir aravani tortar ekan, albatta bir-birining soʻzlariga quloq tutishni ham oʻrganmogʻi lozim.
Doʻst boʻling. Sevishganlarning bir-biriga doʻst boʻlishi muhim emas. Ammo oilada juftlar, albatta, bir-biriga chin doʻst boʻla olishi kerak.
Bayram uyushtiring. Bir xil hayot tarzi sevgiga putur yetkaza boshlaydi. Yangi sevishganlar singari bir-biringizga dil izhori qiling. Oilaviy hayot tashvishlari eng oʻtli muhabbatni ham shunchaki bir-biriga oʻrganishga aylantirib qoʻyadi. Imkoni boricha bir-biringizga hadyalar qiling, birgalikda taom tayyorlash ham oʻrtadagi rishtalarni mustahkamlaydi. Hatto eng mushkul vaziyatda ham fantaziyangizni ishga solib, munosabatlaringizni saqlab qoling.
Eʼtibor. Ayol ham, erkak ham juftining eʼtiboriga muhtojlikni his etadi. Kimgadir kerakligingni his etish, oilada seni sevimli yoring intiqlik bilan kutayotganini tasavvur etish qalbga iliqlik bagʻishlaydi. Oʻz ishlari bilan juda mashgʻul boʻlgan paytda ham sevishgan juftlar bir-biriga eʼtibor qaratishga vaqt ajrata oladi.
Majbur qilmang. Agar juftingizdan biror nima kutayotgan boʻlsangiz, uni bu ishga majburlamang. Bosim oʻtkazish bilan biror natijaga erishishingiz amrimahol, shuningdek juftingiz siz haqingizda yomon fikrga borib qolishi mumkin. Aksincha, u siz istayotgan ishni oʻz ixtiyori bilan bajarmogʻi kerak.
Shaxs sifatida hurmat qiling. Oilada er va xotin bir-birining oʻrnini toʻldirib tursa-da, shaxs sifatida oʻz oʻrni boʻlmogʻi lozim. Ana shunda bir-biringizga qiziqish yoʻqolmaydi.
Haqoratlamang, haqoratlanmang! Sevgida bu juda muhim. Sevgi haqqi haqoratlarga chidash telbalik. Sevgi uchun biror narsadan voz kechish, qurbon qilish mumkin. Ammo haqoratlarga chidash aslo mumkinmas. Buni sevgi deb boʻladimi? Oʻzingiz ham haqoratlamang. Agar yonimizda birga yashayotgan, bir havodan nafas olayotgan kishini haqoratlasak, bu oʻz-oʻzimizning ustimizdan kulish emasmi?
Kechirish va kechirim soʻrashni oʻrganing. Bir-biringizga ayb qoʻymang. Kechira olish aqllilik, kechirim soʻray olish esa sizning kuchli inson ekaningizdan darak beradi.
Suyanch boʻling. “Siz mening suyangan togʻimsiz!” degan bir ogʻiz soʻz har qanday kishining yuragini eritib yuboradi.
Sogʻlom rashk qilishni oʻrganing. Nooʻrin rashk hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Rashk qilish ham sanʼat. Chiroyli rashk munosabatlaringizni mustahkamlaydi, ammo keragidan oshib ketsa, oila jang maydoniga aylanadi.
Seving! Baxtli oila qurish uchun bu muhim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi