17:37 / 25.09.2018
5 209

Muvaffaqiyatli kishilar boʻsh vaqtida shugʻullanadigan 10 ta mashgʻulot

Muvaffaqiyatli kishilar boʻsh vaqtida shugʻullanadigan 10 ta mashgʻulot

Ishdan keyingi vaqtni qanday oʻtkazishimiz, kechki payt, dam olish kunlari va taʼtilda nima bilan bandligimiz karyeramizga katta taʼsir koʻrsatadi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, hordiqni oʻtkazish usuli tanloviga aql bilan yondashish kerak. Buni aynan hozir boshlash zarur!

1. Sport bilan shugʻullaning yoki sayr qiling

Bu maslahatni juda koʻp marta eshitgansiz. Yana va yana eshitishingiz ehtimoli katta. Jismoniy faollikning ahamiyatini baholash mushkul. U ijodkorlik, oʻzimizga ishonch va ham ishdagi, ham shaxsiy hayotdagi hissiy barqarorlikni oshiradi.

Nima bilan shugʻullanishingizning farqi yoʻq: bu xoh trenajyor zalidagi mashqlar, xoh bogʻdagi sayr boʻlmasin – agar ishda sakkiz soat davomida samarali boʻlishni istasangiz, oʻz tanangizga biroz vaqtingizni ajratishingizga toʻgʻri keladi.

2. Ilhom manbalarini toping va yangi tajribalar uchun ochiq boʻling

Atrofimizdagi olamda qiziqarli narsalar shu darajada koʻpki, kechki payt sevimli divanda yotib, vaqt oʻtkazish - salbiy holat. Oʻzingizning qulay muhitingizni koʻproq tark etib, eng kutilmagan joylardan ilhom izlang. Yangicha holat miyangizni qaytadan ishga tushiradi va oʻzingizning ancha oldingi muammolaringiz yechimini topishga yordam beradi.

Siz boʻsh vaqtini divanda oʻtirib olib, televizor roʻparasida oʻtkazadigan yirik kompaniya rahbarlari va novatorlarni uchratganmisiz? Biz esa – yoʻq.

3. Yaqinlar, doʻstlar va hamkasblar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻying

Vaqtingiz naqafat uchrashuvlar, balki yaqin kishilar va hamkasblarga qoʻngʻiroq qilish uchun ham yetmaydi. Biroq “tirik” muloqot muhim. Barcha muammolar bizni yeb bitiradi va ishga diqqatni jamlashga yoʻl qoʻymaydi. Natijada bu samaradorlikka taʼsir oʻtkazadi.

4. “Yoʻq” deyishni oʻrganing

Aqlli kishilar bir vaqtning oʻzida bir necha joylarda boʻlish imkoni yoʻqligini yaxshi tushunadilar. Qoʻshimcha loyihaga kirishish, tadbirga taklifnoma olish, hamkasbga yordam berishga rozilik berishdan avval ular oʻzlariga quyidagi savolni berishadi: “Men uchun qaysi maqsad ustuvor? Bu ish meni maqsadimga yaqinlashtiradimi yoki vazifani murakkablashtiradimi?”

Keraksiz ishga “ha” deyish – baʼzida yuzlab muhim ishlarni rad etish demak. Buni qancha erta anglasangiz, oʻzingizga shuncha yaxshi boʻladi.

5. Vaqtingizni tabiat qoʻynida oʻtkazing

Kun boʻyi konditsionerli xonada nafas olib, sunʼiy yorugʻlikda ishlanganida yaxshi qad-qomatga ega boʻlish mushkul. Nafaqat bunday ishlash, balki yashash ham mumkin emas. Maqsad sari intilgan kishilar tabiat qoʻynida dam olishni ham bilishadi. U kuch va quvvatimizni oshiradi.

6. Oflayn rejimida boʻling

“Tinch qoʻymas” xabarlar,email va ijtimoiy tarmoqlar sutka davomida erkinlik bermaydi. Agar ish vaqtida koʻpchilik “efirdan chiqolmasa”, boʻsh vaqtdagi raqamli detoksni hamma oʻzi uchun uyushtirishi mumkin. Muvaffaqiyatli kishilarning ishi ham siznikidan kam emas, biroq ularda shaxsan oʻziga tegishli vaqt belgilangan.

7. Kechki odatlarga ega boʻling

Koʻpchilik tongdagi toʻgʻri odatlar kun davomida samaradorlik va kayfiyatni oshirishini yaxshi biladi. Biroq uni yakunlash ham muhim ekanini hamma ham bilavermaydi. Baʼzilar fikrini bir joyga toʻplaydi, boshqalar – mutolaa bilan shugʻullanadi. Bu ularga ishdan chalgʻish, zoʻriqishni olishga yordam beradi. Ayrimlar ertalabgacha telefonini oʻchirib qoʻyadi.

Kechki mashgʻulotlaringizga eʼtibor bering va shaxsiy odatlaringizni shakllantiring. U sizga yangi kunni boʻlajak vazifalar uchun toʻla quvvat bilan kutib olishga yordam beradi.

8. Oʻzingiz uchun haqiqiy taʼtil uyushtiring

Kam sonli baxtli insonlargina taʼtilda haqiqatan ham dam olganliklari borasida maqtana olishadi. Hayotning zamonaviy surʼati hatto taʼtilda ham ishdan xoli boʻlishga yoʻl qoʻymaydi. Shunga qaramay, eng muhim rahbarlarning ham taʼtili boʻladi. Ular oʻziga shuni lozim topgan ekan, nima uchun siz hordiq chiqarmasligingiz kerak?

Agar juda “kamyob” xodim boʻlsangiz, rahbariyat bilan bir necha “daxlsiz” kunlar yoki aloqada boʻlinadigan muayyan vaqtlar toʻgʻrisida kelishib oling. Taʼtil taʼtildek oʻtishi kerak.

9. Oʻzingizga sarmoya kiriting va biror yangi narsani oʻrganing

Bilim olib, koʻnikmalarni oʻzlashtirib, nafaqat oʻzimizni kuchga toʻldiramiz, balki aqlni ham charxlab boramiz. Oʻrganish jarayoni qay darajada jiddiy boʻlishining ahamiyati yoʻq, muhimi – jarayon.

Kurslarga obuna boʻling, seminarlarga boring yoki oliy oʻquv yurtining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiring. Mablagʻni oʻzingizga kiritish orqali yanada tajribali va qimmatli xodimga aylanasiz. Bu esa professional sifatida oʻsishga xizmat qiladi.

10. Zoʻriqishni olib, vaqtni oʻzingizga sarflang

Kim boʻlib qayerda ishlashingizdan qatʼiy nazar zoʻriqish doim hamroh boʻladi va samaradorlikka taʼsir oʻtkazadi. Muvaffaqiyatli kishilar buni yaxshi tushunadilar va boʻsh vaqtni sogʻlom hordiqqa sarflab, oʻzlariga eʼtibor berishadi.

Bu istalgan narsa boʻlishi mumkin: meditatsiya, yoga, nafas olish mashqlari. Chalgʻish va xotirjam boʻlishga yordam beradigan har qanday mashgʻulot.

Bir haftada 168 soat bor, undan 40 soatini (yoki shunga yaqin) ishxonada oʻtkazasiz. Ovqat, uyqu, hordiq va boshqa narsalar uchun yana 128 soat qoladi. Siz ularni nimaga sarflaysiz?

Vaqtingizni aql bilan sarflang.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muvaffaqiyatli kishilar boʻsh vaqtida shugʻullanadigan 10 ta mashgʻulot