08:01 / 28.09.2018
4 182

Olimlar smartfon va planshetlar ruhiy kasalliklarga olib kelishidan ogohlantirishdi

Olimlar smartfon va planshetlar ruhiy kasalliklarga olib kelishidan ogohlantirishdi
CHEO tadqiqot instituti olimlari bolalar va oʻsmirlarning elektron gadjetlardan foydalanishi miya faolligini kamaytirishi va normal rivojlanishga toʻsqinlik qilishini aniqlashdi. Bu haqda Daily Mailʻga tayanib “Kun” nashri xabar berdi. Pirovard natijada, smartfon va planshetlar uyqusizlik, asab va ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Olimlarning taʼkidlashicha, 20 boladan birigina gadjetdan toʻgʻri foydalanadi, qolganlari esa oʻz kun tartibini buzgan holda gadjetlardan foydalanishda suiisteʼmollikka yoʻl qoʻyadi. Shifokorlarning tavsiyalarini muntazam inobatga olmaydigan bolalarning sinovdan oʻtkazilishi ularda aqliy qobiliyatlar pasaygani, ahvollarining umumiy yomonlashganini koʻrsatgan.

Olimlar mobil qurilmalar orqali internet va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketishning ogʻir oqibatlaridan biri sifatida ruhiy kasalliklar ekanini taʼkidlab oʻtishgan. Bunday kasalliklarni davolash jiddiy aralashuvni talab qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar smartfon va planshetlar ruhiy kasalliklarga olib kelishidan ogohlantirishdi