08:58 / 06.10.2018
4 341

Oʻzgarishlarga ilhom beruvchi 20 ta hayotiy haqiqat

Oʻzgarishlarga ilhom beruvchi 20 ta hayotiy haqiqat
Koʻpchilik hayotini oʻzgartirishni istaydi, biroq buni qanday amalga oshirishni bilmaydi. Tadbirkor va yozuvchi Jeyms Altusher oʻz maslahatlari bilan oʻrtoqlashdi.
Altusher oʻz blogida karyerasi davomida oʻzlashtirgan hayotiy saboqlarni nashr qildi. Balki ular sizga oʻzingiz uchun biror narsani oʻzgartirishga ilhom berar.

1. Vaqtingizni birga oʻtkazadigan kishilar shaxsiyatingizni belgilaydi. Qimmatli onlarni hayotingizni zaharga aylantiradiganlar uchun sarflamang.

2. Kaydzen strategiyasini qoʻllang. Har kuni oʻzingiz sevgan narsada 1 foizga yaxshilaning. Hatto 1 foizlik yaxshilanish ham bir yil davomida ancha olgʻa ilgarilashga yordam beradi. Bu qolgan 99 foiz kishilar amalga oshirganidan ancha koʻproq.

3. Erkin boʻlish – shaxs sifatida rivojlanishga bogʻliq masalalarda oʻzgalar qaroriga bogʻliq boʻlmaslik.

4. Minnatdorchilik va qoʻrquv birgalikda mavjud boʻla olmaydi. Biz qabul qilayotgan qarorlar yoki rivojlanishga boʻlgan intilish, yoki qoʻrquvga asoslanadi. Biroq faqat birinchisi bizni ichki kompas koʻrsatadigan yoʻnalish boʻylab harakatlantiradi.

5. Odamlar turli guruhlarga mansub. Ularni shartli ravishda +, − va = bilan belgilash mumkin.
Vaqtingizni koʻproq “+” kategoriyasidagi odamlar bilan oʻtkazing. Bu guruhdagilardan biror narsa oʻrganishingiz mumkin.
“=” guruhi – siz bilan bir xil darajadagilar, ular bilan birgalikda oʻsishingiz va rivojlanishingiz mumkin. “−” lar esa sizdan ortda qolganlar, ularga siz biror narsa oʻrgatishingiz mumkin.

6. Biror sohada yutuqqa erishish uchun jismoniy, hissiy, ijodiy va ruhiy quvvat zarur. Har bir quvvat turini toʻldirib borishga harakat qiling.

7. Jismoniy jihatdan sogʻlom boʻlish uchun toʻgʻri ovqatlaning, koʻproq harakat qiling va uxlang. Bu salomatlikning uch omili.

8. Hissiy sogʻlom boʻlish uchun vaqtingizni sizni yaxshi koʻrib, qadrlaydiganlar bilan oʻtkazing.

9. Ijodiy salohiyatni rivojlantirish uchun har kuni 10 tadan yangi gʻoya yozing. Ular yaxshi yoki yomonligining ahamiyati yoʻq. Altusherning fikriga koʻra, uch oydan keyin gʻoyalarni ishlab chiqish super qobiliyati paydo boʻladi.

10. Ruhiy muvozanatni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtmishdagi nadomat va kelajakdagi xavotir sizni hozirgi zamonda chalgʻitishiga yoʻl qoʻymang. Hozirgi lahza - sizda mavjud yagona narsa.

11. Doim oʻzgalarga yordam berishga harakat qiling. Gap pulda emas, biroq uni ham boʻlishish mumkin.
Fikrlash tarzini oʻzgartirish kerak: oʻzingiz uchun foyda kutmay va yoʻqotganingizdan afsus chekmasdan.

12. Oʻz tamoyillaringizdan chekinmang. Yashash mushkul, biroq oʻz tamoyillaringizga sodiq boʻlmasangiz, ikkita hayotni yashashga toʻgʻri keladi. Bu esa kuchingizni olib, sizni baxtsiz qiladi. Shuning uchun oʻz qadriyatlaringiz va tamoyillaringizni aniqlang va ularga amal qilishdan qoʻrqmang.

13. Oʻzingiz tushunadigan va biladigan narsalarda ham ikkilanasiz. Bir paytlar siz shubhasiz deb hisoblagan koʻp faktlar oʻzgarib ketdi. Biror narsa aytilgani yoki yozilgani uchungina ishonmang. Doim savollar bering. Bu tafakkuringizni rivojlantirib, tezroq muvaffaqiyatga erishishingizda yordam beradi.

14. Barchamiz noratsional fikrlaymiz. Kamdan kam hollarda haq boʻlishimiz bejiz emas. Buni yodingizda saqlang, ana oʻshanda muvaffaqiyat va magʻlublik orasida harakatlanish oson kechadi.

15. Aybni oʻzgalarga toʻnkamang. Altusher fond bozorida pulini yoʻqotgani haqida soʻzladi. Unga birja maklerini sudga berishni maslahat berishgan, biroq u bunday qilmadi. U oʻzini aybdor deb hisobladi. Chunki aynan u barcha qarorlar, jumladan makler maslahatiga amal qilishni ham oʻzi hal qilgan. Xatoni tan olib, doim biror narsani oʻrganish mumkin. Magʻlubiyatlaringizni tahlil qiling va ulardan saboq chiqaring. Faqat shu yoʻl bilan yaxshiroq insonga aylanasiz.

16. Diqqatingizni natijaga emas, jarayonga qarating. Agar harakat qilsangiz, oʻqisangiz, takomillashib borsangiz, tajribali kishilar maslahatlarini qoʻllasangiz natijani oldindan aytib bera olmaysiz. Axir ertangi kun bugungisiga qaraganda ancha yaxshi boʻladi.
Natija – kelajak haqidagi xayol, jarayon esa bu – sizning hozirgi kuningiz. Undan zavqlanib yashashga harakat qiling.

17. Pul – yuqorida keltirilganlarning qoʻshimcha natijasi.

18. Romantik munosabatlar – yuqorida keltirilganlarning qoʻshimcha natijasi. Shaxsiyatingiz qimmatini qoʻllab-quvvatlashni hamkoringizga yuklamang. Uning oʻziga tegishli muammolari yetarli.

19. Salomatlik – yuqorida sanalganlarning qoʻshimcha natijasi.

20. Har qanday toʻsiq bu – imkoniyat. Buni yodingizda saqlang va ortga chekinmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻzgarishlarga ilhom beruvchi 20 ta hayotiy haqiqat