1. Siz ochiq va insonlarga ishonuvchansiz. Atrofdagilarning siz bilan munosabatga kirishishi oson. Sizni xotirjam inson desak bo‘ladi. Barchaga birdek yaxshi muomalada bo‘la olasiz.
2. Siz qiziqarli, noodatiy o‘zini yorqin taqdim eta oladigan insonsiz. Ammo tashqi ko‘rinishingizga qaraganda ichki dunyoyingiz juda farqli. Ichingizda bezovtalik, ikkilanish va ishonchsizliklar mavjud. Ba’zan esa qattiqqo‘l bo‘lishingiz ham mumkin.
3. Siz hissiyotga beriluvchan, tez qizishadigan insonsiz. Noodatiy, kreativ va ijodiy fikrlaysiz. Sizni xatti-harakatlaringiz ba’zan atrofdagilarni hayratlantiradi. Chunki siz yangi g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqarishdan cho‘chimaysiz. Ammo siz bilan muomilaga kirishish har doim ham oson kechmaydi.
4. Siz o‘z kuchingizga ishonmayapsiz va o‘zingizni namoyon qilishdan qo‘rqasiz. Unutmang har bir inson yaralishiga ko‘ra noyob hisoblanadi. O‘z orzularingizni amalga oshirishdan cho‘chimang.
5. Siz ko‘pincha o‘zingizni bolalar kabi tutasiz. Xafachan, ta’sirchan va egosentriksiz. Barcha fikr va harakatlaringizda bilib yo bilmay e’tibor markaziga avvalo o‘zingizni qo‘yasiz. Balki uzoq vaqt sizga mustaqil bo‘lishga imkon berishmagandir, shu sababli muammoli vaziyatlarni oxirigacha hal qilishda qiynalishingiz mumkin.
6. Siz ajoyib insonsiz. Sizda faollik va passiv qorishib ketgan. Siz bir vaqtning o‘zida ham g‘amgin ham quvnoq bo‘la olasiz. Faqatgina o‘zingizga qiziq bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashasiz. Balki ahamiyatsiz narsalarga ham bezovtalanasiz.
7. Siz insonlarga osongina ishonib ketmaysiz. Shu sababli yangi munosabatlarga kirishish siz uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ammo o‘zingizga yaqin bo‘lgan kishilaringizni juda qadrlaysiz.
8. Siz ijodkor insonsiz. Doimo boshqalar bilan munosabat o‘rnatishga intilasiz. Siz bilan suhbatlashish zavq bag‘ishlaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi