00:30 / 16.10.2018
5 534

Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham ildamlikka ega boʻlishingitz lozim. Agar kutilganidek faollasha olsangiz, koʻzlangan ezgu maqsadlarga muddatidan oldin yetish baxtiga muyassar boʻlardingiz. Kunning ikkinchi yarmida oilasizlar yangi tanishuvlarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Agar siz anchadan beri boʻlgʻusi yoringizni qidirayotgan boʻlsangiz, bugun atrofga yaxshilab nazar tashlagan holda harakatlar sodir eting. U albatta yoʻlingizdan chiqadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

16 oktyabrda maʼnaviy xazinangizni yangi bilimlar bilan toʻldirish harakatida boʻling. Agar qaysidir masalada qiynalayotgan boʻlsangiz, biladigan odamlardan soʻrab oʻrganishga uyalmang. Ishga ijodiy yondashing. Bugun hamfikrlaringiz bilan birgalikda amalga oshiradigan harakatlar unumli kechadi. Kechqurun organizmni har jihatdan mustahkamlash, parhez tutish va yolgʻizlikda dam olish xayrli kechadi. Toza havo sayrini ham unutib qoʻymang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ertalabdayoq oldingizga aniq bir maqsadni qoʻygachgina ish boshlang. Maqsadsiz amalga oshirilgan ishlarning barakasi boʻlmaydi. Sizga mehr-oqibat koʻrsatayotgan odamlarga shunday javob qaytarishga harakat qiling. Moliyaviy muammolarni oʻz holicha qoldira turing. Baribir bugun boshingizga katta boylik yogʻilmaydi. Muammo oʻz yoʻrigʻida tushgan holda oldinga bossa, sizning ortiqcha kuch sarflashingizga ham hojat qolmaydi. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyot boʻling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

16 oktyabr kuni ish joyingizda ado etiladigan yumushlar sizga faqat foyda keltiradi. Birinchi navbatda mavqeingiz orta borishiga guvoh boʻlasiz. Bugun yangi bilimlarga ega boʻlish, yangi loyihalar oʻylab topish va yangi tanishuvlarni boshdan kechirish muvaffaqiyat keltiradi. Ommaviy tadbirda ishtirok etish uchun taklif qilishsa, albatta boring. Shu bahonada oʻz isteʼdodingizni barchaga koʻz-koʻzlab olish imkoni tugʻilishi mumkin. Kun davomida oqimga qarshi suzishga urinmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Kuningiz juda qiziqarli boshlanishi kutilmoqda. Roʻzgʻor, moliyaviy hamda meros bilan bogʻliq muammolar avtomat tarzda sizning foydangizga hal boʻladi. Sizga bu masalada hech kim toʻsiq qoʻya olmaydi. Suyukli insoningiz bilan iloji boricha janjallashmaslikka harakat qiling. Bugungi janjal uzoq choʻzilishi mumkin. Eng yaxshi yoʻli shuki, yetakchilikni uning zimmasiga yuklab qoʻying va oʻzingiz kuzatuvchiga aylaning. Kechki payt uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

16 oktyabrda siz ishda ham, shaxsiy hayotda ham eng faol insonga aylanasiz. Yangiliklar sari talpina boshlaysiz. Bu yaxshilikka albatta. Oilasizlar kimnidir yoqtirib qolishadimi, hali tushlikkacha yetmay, dunyodagi eng quvnoq va mehribon odamga aylanib qolishadi. Ha, siz idealingizdagi insonni uchratasiz. Faqat tushlikdan keyin. Salomatlik haqida qattiq qaygʻuring. Yogʻli ovqatlar isteʼmoliga zoʻr bermang. Umurtqa pogʻonasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mashqlarni bajaring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz ajoyib tarzda oʻtishi, garmoniyaga boy boʻlishi kutiladi. Atrofdagi har bir voqea-hodisadan zavq ola boshlaysiz. Doʻstlaringizdan kimdir kunning ikkinchi yarmida sizga qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish topib berishi mumkin. Qoʻshimcha daromadga ega boʻlsangiz, uni sarflashga sira shoshilmang. Kechqurun tadbirkorlarni yangi hamkorlik taklifi, safar va boobroʻ insonlar bilan uchrashuvlar kutib qoladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

16 oktyabr kuni sizga kimdir koʻnglini ochishi mumkin. Aniqrogʻi, muhabbatini qandaydir aylanma yoʻllar orqali izhor etishga urinib koʻrishi kutilmoqda. Agar moliyaviy muammolarni oʻz foydangizga hal eta olmasangiz, qarindoshlarni yordamga chaqiring. Ular sizni inqirozga yuz tutmaslik uchun qanday yoʻl tutishga ham oʻrgatib qoʻyishadi. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar salomatligiga jiddiy eʼtibor bilan munosabatda boʻlishlari talab etiladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugungi kun boshqalariga nisbatan yanada muhim hisoblanadi. Siz bugun har qanday ogʻir, chigal ishni ham oʻz kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda qotirib tashlay olasiz. Lekin ish joyingizda kimgadir buyruq berish uchun oshiqmang. Bu obroʻyingizga putur yetkazishi mumkin. Bugun madaniy dam olish va tabiat qoʻyniga otlanish xayrli kechadi. Basharti xorij sayohatiga otlangan boʻlsangiz, ikki hissa yosharib qaytishdan umid qilavering.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

16 oktyabrda sizga yolgʻiz qolish qatʼiyan taqiqlanadi. Faqat atrofdagilar bilan munosabatlar, soʻzlashuvlargina ishingiz unumli boʻlishini taʼminlay oladi. Professional kasbi doirasida malaka oshirishga otlanganlar, yangi kasb sirlarini oʻrganishga oshifta boʻlganlar bugun muvaffaqiyatdan umid qilaversalar boʻladi. Kechqurun sizga velosipedda uzoq vaqt sayr qilish katta foyda beradi. Darvoqe, bugun kechasi uxlab koʻradigan tushingiz oʻngidan kelishi mumkin.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Ertalab uyqudan turiboq birinchi qiladigan ishingiz koʻp harakatlanishdan iborat boʻlishi kerak. Aks holda havoning oʻzgaruvchanligi tufayli boʻgʻimlarda kuchli ogʻriqlar paydo boʻlishi mumkin. Imkon topsangiz, zamonaviy mashgʻulot anjomlaridan foydalangan holda salomatlikni tiklang. Parhez ham sizga ziyon yetkazmaydi. Moliyaviy masalada bugun omadingiz kulmasligi mumkin. Qoʻshimcha daromadli ish topishingizga toʻgʻri keladi. Ayrimlarni kechqurun shaxsiy ish bilan yaqin manzilga safar kutib turadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

16 oktyabr kuni sayr-u sayohatga ishqibozlik sizni qiynay boshlaydi. Ammo hozir buning mavridi emas. Ishlaringiz boshingizdan oshib-toshib yotibdi. Kun davomida xizmat safariga joʻnab ketishingiz mumkin. Sanʼat sohasida ishlaydiganlarning kuni tugʻadi. Kirim koʻp boʻladi. Ular aynan kechqurun koʻplab muxlislari qarshisida chiqish qilishlari mumkin. Baʼzilar kun boʻyi bosh va oyoq ogʻrigʻidan shikoyat qilib kun oʻtkazishi ehtimolga yaqin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?