Hamal
Butun diqqat-eʼtiborni ishga qaratishingizga toʻgʻri keladi. Mehnatingiz munosib ragʻbatlantiriladi. Chunki siz buning uchun harakat qildingiz va albatta, shunga munosibsiz. Haftaning ikkinchi yarmida muhim uchrashuvlarda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Bu hayotingizda tub burilish yasashi mumkin. Ushbu oʻzgarishlarga tayyor turing.
Savr
“Savr”lardan bu hafta hushyor boʻlish talab etiladi. Ayniqsa, hujjatlar borasida. Ularni diqqat bilan oʻqib-chiqib, soʻng imzolang. Shunda ortiqcha ovoragarchilik boʻlmaydi. Oilada ham vaziyat biroz murakkablashishi mumkin. Turmush oʻrtogʻingiz bilan arazlashib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday paytda muammodan qochmay, uning oldini olishga harakat qiling.
Javzo
Maqsad sari dadil harakat qiling. Uchragan toʻsiqlarga taslim boʻlmay, kurashishda davom eting. Ana shunda orzularingizga erishasiz. Buning uchun faqat oʻz kuchingizga ishoning. Ozgina hafsalasizlik qilsangiz yutqazib qoʻyishingiz aniq. Boshi ochiq “javzo”lar uchun romantika haftaligi boʻlishi mumkin. Ular oʻzlari xohlagandek muhabbatlarini uchratish ehtimoli bor.
Saraton
Hafta davomida ishlaringiz koʻpaygandan-koʻpayadi. Birining ketidan ikkinchisi boʻy koʻrsataveradi. Diqqat-eʼtiboringizni jamlab, ishga kirishing. Faqat his-tuygʻularingizga erk bermang. Yana bir maslahat: har bir ishingizni oʻz vaqtida bajaring. Aks holda, qiynalib qolasiz. Dam olish kunlari tabiat bagʻrida sayr qilib, toza havoda hordiq chiqaring. Bu ham dam olishning oʻziga xos uslubidir.
Asad
Omaddan boshingiz koʻkka yetadi. Moliyaviy ahvolingiz ancha yaxshilanadi. Oʻzingiz kutmagan tomonlardan foyda olishingiz mumkin. Koʻrasiz, bu pul juda barakali boʻladi. Koʻpdan buyon rejalashtirib qoʻyganingiz xaridlarni amalga oshirasiz. Va bundan behad xursand boʻlasiz. Sogʻligingizga ham beeʼtibor boʻlmang. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov shifokorga murojaat eting. Va uning aytganlarini, albatta, bajaring.
Sunbula
Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish uchun qulay fursat tugʻiladi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham omad kulib boqadi. Salomatligingizni tiklamoqchimisiz, xaridlarni rejalashtirganmisiz barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Turmush tarzingizni oʻzgartirishni xohlaysizmi? Unda hech oʻylanmay yangiliklarga qoʻl uravering. Faqat shu kunlarda sayohatga chiqishni rejalashtirgan boʻlsangiz, buni vaqtincha keyinga qoldirganingiz maʼqul.
Mezon
Xushxabarlar eshitib xursand boʻlasiz. Anchadan beri sizni oʻylantirib yurgan muammolarga oʻz-oʻzidan yechim topiladi. Oʻzingiz uchun foydalibir nechta kelishuvni amalga oshirasiz. Moddiy ahvolingiz ham ancha yaxshilanadi. Ish bilan boʻlib shaxsiy hayotni ham esdan chiqarib qoʻymang. Farzandlaringiz uchun vaqt ajrating. Ayni dam ularga sizning eʼtiboringiz judayam zarur.
Aqrab
Har bir ishga jiddiy yondashing. Bugungi ishni ertaga qoldirmang. Vaqtim boʻlganda qilaman-da, deb boqibegʻamlik qilsangiz yutqazasiz. Oʻzingizga tashvish orttirib olasiz. Sizga shu kerakmi? Oldinda qancha yumush sizni kutib turibdi. Bor kuchingizni oʻshalarni bajarishga sarf eting. Dam olish kunlari tabiat bagʻriga oilaviy sayrga chiqib, maroqli hordiq chiqaring.
Qavs
Bilim va tajribangizni oshirishga kirishasiz. Bir nechta yangi gʻoyani ilgari surib, qator yutuqlarga erishasiz. Hamma sizga havas bilan qaraydi. Boshliqlaringiz ham mehnatingizni eʼtirof etib, ragʻbatlantiradi. Yaqinlaringiz bilan munosabatda biroz ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin. Buning oldini olishga harakat qiling.
Jadiy
Vaqtingiz juda tigʻiz boʻladi. Butun vujudingiz bilan ishga shoʻngʻiysiz. Ularni amalga oshirishda sizdan katta kuch va matonat talab etiladi. Shoshmashosharlikka yoʻl qoʻymang. Aks holda, qiynalib qolasiz. Yana bir nechta muammo yechimini kutib turibdi. Ayni dam ularni hal etish uchun qulay fursatdir. Bunda sizga omad tilaymiz.
Dalv
Har bir ishingizni samarali yakunlaysiz. Moliyaviy ahvolingiz ham ancha yaxshilanadi. Daromadingizni oshirish uchun takliflar koʻp boʻladi. Ularni aslo rad etmang. Bilmaganlaringizni soʻrab oʻrganishdan uyalmang. Bu ayb sanalmaydi. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari oʻzingiz sevgan asarni mutolaa qiling. Axir, bu ham hordiq chiqarishning sinovdan oʻtgan eng samarali usuli.
Hut
Qator uchrashuvlarda ishtirok etib, foydali shartnomalar imzolaysiz. Bildirgan takliflaringiz koʻpchilikning qiziqishini oshiradi. Yangi joyga ishga taklif etishlari mumkin. Zarur boʻlmasa, hozircha xarajatlar qilmay turganingiz maʼqul. Dam olish kunlari doʻstlaringiz bilan bir piyola choy ustida diydorlashing.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi