
Bugunga kelib samarali mehnat qilish, biznes sirlari kabi motivatsion mavzular dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. KUN.UZ «Vilgud» asoschilaridan biri Barno Tursunovaning biznesda samarali ishlashga yordam beruvchi odatlar xit-paradi bilan bo‘lishishga qaror qildi.
1. Tez qaror qabul qilish va harakatni boshlash
Ba’zan turli o‘y-fikrlar va xavotirlarga shu qadar ko‘p energiya ketadiki, ishlashga kelganda kuch qolmaydi. Men energiyamni imkon qadar ko‘proq oldinga harakat qilish uchun yo‘naltiraman. Men tabiatan tadbirkorman va tavakkal qilishdan qo‘rqmayman.
2. Keraklisini saralash
Agar qaysidir g‘oya ish bermasligini tushunsam, buni o‘zim va jamoam oldida tan olishdan qo‘rqmayman. Biz natija keltirmaydigan narsalarga vaqt va resurs investitsiya qilishni to‘xtatamiz va boshqa yo‘nalishlardan ko‘proq natija olamiz.
3. Qilinayotgan ishga diqqatni jamlash
Men ish vaqtida o‘zimni to‘liq ishga bag‘ishlayman. Uyga kelishim bilan bor e’tiborimni oilam va yaqinlarimga qarataman.
4. Doimiy o‘qib o‘rganish
Samaradorligimning yana bir siri - doimo o‘z ishining ustalaridan o‘qib o‘rganishimda. Shundagina maksimal tezlikda harakat qilishning uddasidan chiqish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar