
Shvetsiyalik olimlar tadqiqot o‘tkazishdi, u qishki davrda havoning past harorati yurak xuruji ehtimolini oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari JAMA Cardiolgy jurnalida e’lon qilindi.
Aniqlik kiritilishicha, Selsiy bo‘yicha nol darajadan past haroratda yurak xuruji 10 foizga tezroq yuz beradi.
Olimlarning qo‘shimcha qilishicha, ekologiya va stress ham kasallikning yuzaga kelishida muhim rol o‘ynasa-da, asosiy sabab sovuq havodir.
Tadqiqot uchun tibbiyot xodimlari miokard infarkti tashxisi qo‘yilgan 274 ming shvetsiyalik fuqaroning ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar