00:53 / 30.10.2018
3 657

Olimlar insoniyatga meva va sabzavot yetishmayotganini ma’lum qilishdi

Olimlar insoniyatga meva va sabzavot yetishmayotganini ma’lum qilishdi
Olimlarning aytishicha, sayyoramizdagi hamma odamlar ham sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega emaslar. Ularning aytishicha, zamonaviy qishloq xo‘o‘jaligi tizimi butun insoniyatning meva va sabzavotlarga ehtiyojlarini qondira olmaydi.

Phys.org portalining ma’lum qilishicha, Guelf universiteti (Kanada) olimlari dunyoda g‘alla, yog‘ va shakar me’yoridan ko‘p ishlab chiqarilayotganini qayd qilishmoqda. Bu orada insonning sog‘lom ratsioni yarmiga meva va sabzavotlardan, 25 foizga g‘alladan va yana shuncha oqsil, yog‘ va sut mahsulotlaridan iborat bo‘lishi lozim.

Biroq hozir dunyoda bir kishiga parhezshunoslar tomonidan tavsiya qilingan 8 porsiya g‘alla o‘rniga 12 porsiya g‘alla, 15 porsiya meva-sabzavot o‘rniga 5 porsiya, 3 porsiya moy va yog‘ o‘rniga bir porsiya, 5 porsiya oqsil o‘rniga 3 porsiya ishlab chiqarilmoqda. Insonga bir porsiya shakar yetsa-da, hozir undan dunyoda 4 marta ko‘proq ishlab chiqarilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar insoniyatga meva va sabzavot yetishmayotganini ma’lum qilishdi