15:26 / 09.11.2018
6 152

Olimlarning duosi ijobat

Olimlarning duosi ijobat
Hofiz, ishonchli olim Abbos Ad-duriy rohimahulloh aytadilar:
Aliy ibn Abu Hazora rohimahulloh shunday deydilar:
“Onam betob bo‘lib qoldilar. Falaj bo‘lib, yigirma yilga yaqin oyoqqa tura olmadilar. Onam bir kuni menga: “Haligi olim, Ahmad ibn Hanbalning yoniga borib, mening haqqimga Allohga duo qilishini so‘rasang bo‘larmidi?!”, dedilar. So‘ng Ahmadning yonlariga (Dajla daryosidan) o‘tib bordim. U zotning eshiklarini taqillatdim, yo‘lakda ekanlar.

Ahmad ibn Hanbal:
– Kim u?, – dedilar
– Ey Abu Abdulloh, birodarlaringizdan biri.

– Nima hojating bor?
– Onam kasal bo‘lib, tura olmay qoldilar. Haqlariga Allohga duo qilishingizni so‘rayaptilar.

– Ey do‘stim, bizgachi, bizga kim duo qiladi?, – deb bir necha bor takrorladilar.

Men hayo qilib, Assalamu alaykum deb, qaytib ketayotgandim, uylaridan bir kampir chiqib, “Men u zotni lablarini bir nima deb qimirlatayotganlarini ko‘rdim. Nazarimda senga duo qilayotgan edilar”, dedi.

Uyga qaytib bordim. Eshikni taqillatdim. Onam:
– Kim u?, – dedilar.
– Men Ali, – dedim.

So‘ng turib (!) eshikni ochdilar.
– Laa ilaaha illalloh! Nima bo‘ldi (ya’ni oyoqqa turdingizmi)?!
– O‘zim ham tushunmayapman, o‘z-o‘zimdan allaqachon oyoqqa turib ketdim. Bundan juda ajablandim va Allohga hamd aytdim.

– Bu yo‘lning masofasidir (ya’ni, olim duo qilgan paytdayoq duosi ijobat bo‘lgan va yo‘lga ketgan vaqt onamning “allaqachon” degan so‘zlarining sababi).

(Bu qissa “Zaylu tarixi Bag‘dod” va “Siyar ’alamin nubalo” kitoblarida zikr qilingan)
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus Islom bilim yurti talabasi
Abdulbosit ABDUVOHID o‘g‘lining tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlarning duosi ijobat