Muvaffaqiyatsizlik bari yakunlanganini anglatmaydi. Ular bizga o‘sish, rivojlanish, yangi marralarga erishish va o‘zimiz hamda hayotni yaxshiroq tushunishda yordam beradi.
Muvaffaqiyatsizligingiz sabablarini sanab o‘ting
Muvaffaqiyatga erishishni istaganimizda muayyan reja, orzuimizdagi narsa ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Xatoga yo‘l qo‘yganingizda ularni yodga oling. Mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan jihatlarni tahlil qiling.
O‘ylab ko‘ring, hech nimaga qaramay, orzuingizga erishishni istaysizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, chekinmang. Agar maqsadingiz sari intilish uchun ishtiyoqingiz bo‘lmasa, mag‘lubiyat ustun kelishiga yo‘l qo‘ymang.
O‘z xatolaringizni tan oling
Xatolarni tan olish va ular uchun javob berish – mas’uliyatli kishilarga xos jihat. Muvaffaqiyatsizlikka erishganingizni yashirishning hech qanday sababi yo‘q. Bunda har doim ham vaziyat yoki boshqa kishilar aybdor bo‘lishmaydi. Shaxsiy tanlov uchun o‘zingizni oqlashingiz shart emas. Kelajakda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligingizni tan oling.
O‘tmishdagi xatolar kelajakdagi muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Foto: Unsplash
O‘z xatolaringizdan saboq chiqaring
Muvaffaqiyatsizlik sabablariga ko‘z yummang. O‘zgalar hamda shaxsiy xatolardan saboq olish mumkin. Ularni bartaraf etish yo‘llarini yozing. Bu ro‘yxatni o‘zingizni ayblash uchun sabab sifatida qabul qilmang. Bu tajriba sizga kelajakda asqotadi.
Taslim bo‘lmang
Maqsad sari yo‘lda yiqilib tushsangiz ham o‘rningizdan turing, ust-boshingizni qoqib, olg‘a harakat qiling. Bu harakatlarni manzilga yetib kelmagunga qadar takrorlang. Har kuni oz-ozdan harakatlanish yarim yilda bir marta ishga kirishishga qaraganda afzal.
Foto: Unsplash
O‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang
Muvaffaqiyatsizlik o‘z kuchingizga ikkilanish hissini uyg‘otishi mumkin. Biroq o‘z-o‘ziga ishonish hissi har qanday qiyinchilikni yengishda yordam beradigan qimmatga ega jihat.
Yaqinlar yordamidan foydalaning. Aynan shunday vaziyatda bo‘lganlarni toping. Ulardan sizni o‘z maslahatlari bilan yo‘naltirishlarini so‘rang.
O‘z-o‘zingizga g‘alaba uchun kuch va irodangiz yetarli ekanini eslating.
Axir muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechira olgan bo‘lsangiz, maqsadga erishish yo‘lidagi qolgan murakkabliklarni yengib o‘tish qo‘lingizdan kelishi aniq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”