Qaynona tarafidan janjalning bir necha sabablari bo‘lishi mumkin.
1. Eng birinchi muhim sababi shuki, xonadonda dindan ancha uzoqlik yoki dinga amal yo‘qligidir.Agar Alloh ta’oloning diniga amal qilinsa, bu musibat va balolar o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘lib ketadi. (Qaynota ham, qaynona ham, kuyov ham, kelin ham o‘z o‘rnini va o‘z vazifasin biladi).
2. Ba’zida qaynonaning qalbida o‘z-o‘zidan shunday badgumonlik paydo bo‘ladiki, men o‘g‘limga barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, o‘z ona sutimni berdim. Endi yangi kelgan bir qiz uni egallab oladi, keyin esa o‘g‘lim mening qo‘limdan chiqib ketadi...
Bunday holatda kelin amaliy harakat qilib, qaynonaning bu badgumonini bartaraf qilishga harakat qilishi va doim farz namozlaridan keyin quyidagi duoni qilaverishi kerak bo‘ladi: “Ey, Allohim! Qaynonam qalbiga menga bo‘lgan muhabbatni solib qo‘y!”
3. Ko‘pincha qaynona o‘zini uyning egasi hisoblaydi.Butun uyda uning aytgani aytgan, degani degan bo‘ladi.U o‘zining toqati va ixtiyori ila uy ishlarini o‘z hoxishiga muvofiq qiladi.Endi kelin kelgandan keyin unda shunday xavf paydo bo‘ladiki, ehtimol, kelinning uy ishlariga aralashishi sababli mening uydagi egaligim yakun topar...
4. Ba’zi qaynonalar nafaqat erining mol-mulklariga o‘zlarini ega deb biladilar, balki, o‘g‘lining daromadini ham nazoratlariga oladilar.Kelin undan o‘z haqqini so‘rasa, bunga chiday olmaydilar...
5. Ba’zida qaynonaning qalbida shunday vahima paydo bo‘ladiki, kelin mening uyimdagi narsalarni ota-onasining uyiga tashiydi...
Qachonki, biror ishda azgina vahima paydo bo‘lsa, buning ortidan badgumonlik jarayoni boshlanib ketadi...Bunda bir necha didi-didi gaplar paydo bo‘lib, arzimas narsa katta tog‘larga aylanib ketadi...
6. Ko‘pincha qaynona o‘zi ham kelin bo‘lgan vaqtini unutib qo‘yadi.Agar o‘zi ham bir vaqtlar kelin bo‘lganini yodida saqlasa, kelin ham bir inson ekanligini, (kimningdir suyukli farzandi ekanligini), unda ham qalb borligini tushuna oladi...
7. Juda ko‘p qaynonalar jahldor va qattiqqo‘l bo‘ladilar.O‘zining qattiqqo‘lligi sababli, na o‘zi xotirjam yashaydi va na kelinni erkin nafas olishiga qo‘yadi.Har ishda uni ayblayveradi...Oxiri kelin ham qachongacha jim turadi...
Alloh ta’olo bunday janjallardan barcha xonadonlarimizni O‘zi asrasin! Omiyn.
"Hazrati Ali" jome masjidi imom noibi
Abdulqayyum Komil o‘g‘li
Abdulqayyum Komil o‘g‘li
Manba: O‘MI Toshkent shahar vakilligi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”