11:14 / 22.11.2018
4 354

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (10-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (10-qism)
81. Duolar mustajob bo‘ladigan vaqtlarda duolaringizda doimiy ravishda onangizning haqlariga duo qiling.

82. Do‘stlaringizni ziyofatga taklif qilganingizda ularning mehmondorchilik haqidagi iliq fikrlarini – mazali ovqatlar, ajoyib shirinliklar, chiroyli tuzalgan dasturxon va hokazolarni onangizga yetkazing. Bu ularni qancha xursand qiladi-ya!

83. Ona bilan o‘tirib suhbat qilish uchun har xil qo‘ng‘iroqlarsiz yoki gazeta va jurnallarni titkilashsiz maxsus vaqt joriy qilish lozim.

84. Qiz farzandlar dugonalari bilan bog‘langanda (uchrashganda) onalarini ham o‘zlari bilan olishsin. Bundan hech bir shaklda xijolat chekishmasin, biror yo‘l bilan onalarini bundan qaytarishmasin.

85. Ular bilan har yerda, har qanday maqom-mansabda faxrlaning.

86. Ularga onaga yaxshilik qilish haqidagi qissa va hikoyalarni aytib bering. Onalarning bu bilan ko‘ngillari yorishadi.

87. Ulardan o‘zingiz uchun duolar oling – Alloh sizni ularga yaxshilik qilishingiz bilan rizqlantirishini so‘rab. Bu sizning u zotga minnatdorchilik bildirishga bo‘lgan ishtiyoqingizni va u zotga naqadar mehribonligingizni bildiradi.

88. Har doim Sizdan rozi bo‘lishlarini va duolar qilishlarini so‘rang. Bu bilan sizning huzuringizda ularning roziliklari qanchalik muhim va martabalari qanchalik oliy ekanligini ko‘rsatgan, ularga his qildirgan bo‘lasiz.

89. Barcha bilan (oila, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y va hokazo) kim eng ko‘p onaga yaxshilik qilishda musobaqalashing. Bunda siz doimo peshqadam bo‘ling. Siz onaga yaxshilik borasida yangi yo‘llarni kashf eting. Bu bilan o‘zingizga ajr, qolaversa, bu borada sizga ergashganlarning ajricha ajr olasiz. Bunda ularning savoblaridan biror narsa kamayib qoladimi?!

90. Ular huzurida, yonlarida ovozingizni ko‘tarmang, xokisorlik qiling, ularning buyruq yoki xizmatlarini yumshoqlik bilan amalga oshiring.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (10-qism)