111. Ko‘p bolali oilalar biror yerga dam olishga, sayohatga yoki boqqa aylanishga chiqib turganlari yaxshi. Chunki onalar yoshlari ulug‘ bo‘lganda, bolalarning shovqiniga toqat qilolmaydilar.
112. Farzandlar onalariga sovg‘a sifatida va onalari oldidagi burchlarining bir qismini ado qilish maqsadida mollaridan bir qismini ajratishlari munosibdir.
113. Farzandlardan har birining boshqalaridan ajralib turadigan alohida xususiyati bo‘ladi. Ularning orasida tirishqog‘i, to‘g‘ri fikr yuritadigani, quvnog‘i va boshqa shu kabilari bor. Har bir farzand o‘zi ega bo‘lgan xususiyat bilan onasiga yordam berishi va uni xursand qilishi kerak.
114. Kam uchrashish – yoqimli mehmon (mehmonga tez-tez borib turma – aziz bo‘lasan). Bu barcha holatga tegishli qoida, lekin ona va farzand orasidagi munosabat bunda mustasno. Ona bolasini ko‘rishdan hech malollanmaydi. Agar onangning qalbidagi muhabbat ziyodalashishini xohlasang, undan hech uzilib qolma.
115. Onangizga zamonaviy aloqa vositalaridan olib bering va undan foydalanishni o‘rgating. Undan bo‘ladigan xarajatlarni o‘z zimmangizga oling. Bu bilan onangizga va u zot bilan bog‘langan kishiga yaxshilik qilgan bo‘lasiz.
116. Agar onangizning mobil telefonlari bo‘lsa, u zot uchun eng go‘zal iboralarni tanlab, so‘ngra jo‘natishingiz yaxshi bo‘ladi. Bu onangizning qalbini ilitib, sizga yaqinligini ziyoda qiladi.
117. Agar onangizni yoshlari katta bo‘lsa, do‘stlariga sovg‘a ulashishda yordamlashishingiz mumkin. Onangiz do‘stlariga va tanishlariga sovg‘a qilishlari uchun bir nimalarni sotib oling va uni go‘zal tarzda g‘iloflang.
118. Agar farzandlar onalaridan hol-ahvol so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilishsa, gaplashishga shoshilmasliklari kerak. Balki oralaridagi muloqotni xotirjam olib borishlari, ularning gaplarini eshitishlari zarur. Biz onamiz bilan gaplashganimizda ularning ahvollarini so‘rashimiz, hayotimizdagi qiziq voqealardan aytib berishimiz, ishlarimiz joyida ekanini aytib, ularni xotirjam qilishimiz lozim. Bularning barchasini malollanmasdan, siqilmasdan va uzoq muloqotdan yoki vaqtning ozligidan sabrsizlanmasdan amalga oshirish darkor. Biz muloqotni onamiz o‘zlari yakunlamaguncha to‘xtatmasligimiz lozim.
119. Onamizning oldlarida so‘zlashish odoblariga rioya qilishimiz kerak. Ovozimizni ko‘tarmasligimiz yoki shivirlamasligimiz, bahslashmasligimiz, ular yomon ko‘radigan nasa haqida gapirmasligimiz lozim.
120. Safardan kelganingizda safar qilgan shahringizdan onangiz uchun sovg‘a olib, ularga taqdim qiling. Bu sovg‘a sizning safaringizni ularga eslatib turadi va qaytganingiz uchun bo‘lgan xursandchiliklarini ziyoda qiladi.
Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”