Bu maqola kim uchundir qo‘rqinchli tuyulishi mumkin. Biroq mazkur belgilarni vaqtida bilish hamma uchun foydali. Ularni diqqat bilan o‘qing, ana o‘shanda ilgariroq bilsam bo‘lar ekan, deb afsuslanmaysiz.
1. Charchash
Charchash qaysidir ma’noda urfga aylanib qoldi. Demak, inson ko‘p ishlab, kam uxlashiga to‘g‘ri kelyapti. Biroq charchoq hissi sizni dam olish kunlari va ta’tildan keyin ham tark etmasa, balki sabab zo‘riqish bilan bog‘liq emasdir. Charchash — ko‘plab kasalliklarning umumiy belgisi. Eng avvalo, endokrinologga borish va qalqonsimon bezning normal ishlayotganini tekshirtirish lozim bo‘ladi.
2. Terlash
Agar jismoniy mashqlarni bajarayotgan bo‘lsangiz, ko‘p terlash — normal holat. Yotoqxonangiz juda issiq bo‘lsa, tunda uxlash vaqtida ko‘p terlash ham — normal holat. Balki issiqlab ketishingiz jismoniy faollik va qalin ko‘rpa bilan bog‘liq emasdir. Katta arteriyaning siqilib qolishi bunga sababdir. Bu esa infarktga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dastlab yotoqxonangizdagi batareyani ko‘zdan kechiring, keyin esa kardiolog qabuliga boring.
3. Jig‘ildon qaynashi
Ko‘kragingizdagi g‘alati qaynash hissiga e’tibor bermay, buni tushlik vaqtida iste’mol qilingan kulchaga bog‘lashingiz mumkin. Biroq ayrim holatlarda jig‘ildon qaynashiga o‘xshash hislar oshqozon hazm qilish emas, yurak bilan bog‘liq muammolar haqida belgi beradi. Shunday ekan osh sodasini topish haqida emas, kardiolog qabuliga yozilish haqida o‘ylash kerak.
4. Vaznning yo‘qotilishi
Ko‘pchilik parhezsiz, mashqlarsiz va hayot tarzini o‘zgartirmasdan ozish haqida orzu qilishadi. Shuning uchun vazn o‘z-o‘zidan kamayishni boshlasa, shuni bilingki, bu xursand bo‘lish uchun sabab emas. Aslida xulosa chiqarishga shoshilmang. Vazning birdaniga kutilmaganda kamayishi — onkologik kasalliklarning belgilaridan biri. Shuning uchun ozish uchun nima sabab bo‘lganini shifokor bilan birgalikda o‘ylang. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”