23:23 / 09.12.2018
9 389

Munajjimlar bashorati: 10 dekabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 dekabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz ajoyib tarzda boshlanib, shunday yakun topadi. Hech kim rejalaringizni, kayfiyatingizni buza olmaydi. Shundaylar uchrab qolsa, darhol to‘xtatishga harakat qiling. Tijorat va huquqiy mavzudagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tadi. Oiladagilar bilan janjallashmaganingiz ma’qul. Hatto, bahslashishni ham xayolga keltira ko‘rmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

10 dekabrda ham ishda, ham gapirgan gapingiz orqali professionalligingizni ba’zilarga qayta isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Kun davomida yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Ular qarshisida o‘zingizni diplomatlarcha tutishga harakat qiling. Oila qurmaganlarning ayrimlari ham bugun bo‘lg‘usi yostiqdoshi bilan tanishib qolishlari ehtimoldan xoli emas. Nafaqat tanishasiz, balki uni bir ko‘rishdayoq sevib qolasiz, ishoning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Kunning birinchi yarmida moliyaviy masalada ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erishishingiz kutiladi. Bu g‘alabaga ruhan tayyor turing. Ammo ba’zilar oilani birinchi o‘ringa qo‘yishadi-yu, bu muvaffaqiyatni qo‘ldan chiqarishadi. Siz kun mobaynida qalbingizga quloq tuting. Qaysidir prinsiplardan voz kechishingizga to‘g‘ri kelar balki. Shunday bo‘lib chiqsa, ularni yo‘q qiling. Bu kelgusi hayotingiz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Sog‘lig‘ingizni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

10 dekabr kuni oilangizga, yaqinlaringizga keragidan ortiqroq mehr-muruvvat ko‘rsatishingiz tavsiya qilinadi. Agar uyingizda yoshi o‘tgan yaqinlaringiz bo‘lsa, ularga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsating. Ularning duolarini oling. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nab ketishingiz kutilmoqda. Bu safarda kelajakda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan tanishasiz. Bugun jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, boshqa kunga qoldiring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Keskin, og‘ir vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlashingiz tavsiya etiladi. Hatto, sira chiday olmay baqirgingiz, dunyoga jar solgangiz kelsa ham xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Moliyaviy ahvolingiz kechagidan yaxshiroq bo‘ladi. Lekin baribir pulni bo‘lar-bo‘lmasga sarflayvermasligingiz kerak. Bayram uchun oldindan sovg‘alar, mahsulotlarni xarid qiling. Bu juda go‘zal amallardan biri. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotingizni qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

10 dekabrda tavakkalchilik sizga muvaffaqiyatsizliklarni hadya etadi. Bundan tashqari, alohida tayyorgarliklarsiz olis safarga chiqishni ham rejalashtirmaganingiz ma’qul. Bugun bajaradigan ishlaringizdan tortib gapiradigan gaplaringizgacha ortiqchalik ko‘zga tashlanmasligi lozim. Rejalaringizni hamkasblarga gullashdan tiyiling. Bugun do‘kon aylanish, ayollar, qizlar uchun go‘zallik saloniga kirib o‘tish va tabiat qo‘ynida dam olish xayrli kechadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Agar dangasalikni bayroq qilib olmasangiz, kuningiz ajoyib tarzda kechadi. Tushga qadar rahbaringiz huzuriga chorlab, sizga xushxabar yetkazishi kutilmoqda. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda yorqin tanaffuslarga tayyor turing. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi mumkin. Bu ham kayfiyatingizni ko‘tarib yuboradi. Shaxsiy ish yuzasidan qilinajak safarlardan voz keching.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

10 dekabr kuni yaqin do‘stlaringizdan biri haqida xunuk xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Daromad keltirmaydigan ishlarni chetga surib qo‘ying. Ortiqcha vaqt yo‘qotishdan ne foyda, to‘g‘ri emasmi? Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimiz bugun yirik loyihalar uchun pul tiksalar, intihosi quvonarli bo‘lardi. Kechqurun sportzalda shug‘ullanish, suzish mashqlarini bajarish muvaffaqiyatli kechadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Miyangizga tez-tez o‘rlay boshlagan yomon xayollarni itqitib tashlashga harakat qiling. Ularni deb xush kayfiyatdan mahrum bo‘lmang. Undan ko‘ra bitmay qolgan ishlarni bitirish, salomatligingizni mustahkamlash bilan band bo‘lganingiz ma’qul. Chunki bugun o‘zingizni har galgidek a’lo darajada his eta olmasligingiz mumkin. Basharti bosh og‘rig‘i o‘tib keta qolmasa, qon bosimingiz sakrashda davom etsa, darrov vrach qabuliga boring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

10 dekabrda hamkasblaringiz sha’niga xunuk va haqoratli so‘zlarni yog‘dira ko‘rmang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Birinchidan, ishxonada obro‘yingizga putur yetadi, ikkinchidan, hasadgo‘y hamda raqobatchilarning e’tiborini tortadi. Imkon doirasida bugungi kunning ikkinchi qismini do‘stlar bilan birga tabiat qo‘ynida kechirish payida bo‘ling. Kechki payt yaqinlaringiz uchun bayram sovg‘alari xarid qilib qo‘ysangiz ham ziyon qilmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bugun birinchi navbatda immunitetingizni ko‘tarish va yaxshilab dam olishga harakat qiling. Agar vujudingizda holsizlikni his eta boshlasangiz, vitaminga boy mevalar iste’moliga e’tibor qarating va toza havoda ko‘proq sayr qiling. Bugun tadbirkorlar uchun foydali kelishuvlar va mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Oilalilar kunning ikkinchi yarmida barcha yaqinlarini olib tabiat qo‘ynida dam olish uchun otlanishlari lozim.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

10 dekabrda hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgartirish haqida bosh qotira boshlaysiz. Muhabbatda nimani reja qilgan bo‘lsangiz, rejalaringiz amalga oshadi. Moliyaviy muammolardan ham ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Puldan qiynalmaysiz. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvni boshlaridan o‘tkazishlari kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergak bo‘ling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 dekabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?