Yuzingizda mayda va uzun ko‘rinishdagi ajinlar ko‘p bo‘lsa, bu sizning aniq maqsadga ega, rejali inson ekanligingizni bildiradi. Ko‘zning tashqi burchagidan yuqoriga qaragan ajinlar, hayotda o‘z o‘rnini topadigan, atrofidagilarning hurmatini qozona oladigan ayollarga xos.
Lab atrofidagi “o‘rdak panjasi” shaklini eslatuvchi ajin optimistik xarakteringizdan darak beradi. Bu toifa ayollar o‘zgalar dardiga sherik bo‘lib, o‘zi qolib, birovning muammosini hal etish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi.
Ikki qosh o‘rtasidagi chuqurcha taqdirning siz uchun atagan sinovlari hali oldinda ekanligini anglatishi mumkin. Tashvishlanmang! Qosh o‘rtasidagi yirik ajin ko‘p hollarda yuqori martabaga erishish, parvoz onlari va baxtli turmush bilan ham ifodalanadi.
Qoshning faqat bir tarafiga qarab yo‘nalgan ajin sog‘ligingizdagi o‘zgarishlardan ogohlantiradi. Shaxsiy hayotda esa hammasi yaxshi va siz kutgandek bo‘lishiga ishoradir.
Ikkita qosh o‘rtasida, eniga joylashgan va yaqqol ko‘rinib turgan ajinlar, tashkilotchilik qobiliyatingizdan darak beradi. Hamisha vaqtingiz ziq, nuqul chop-chop bilan bandsiz. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asabiylik ham kuzatiladi. Shundaymi?
Peshonadagi ingichka, bilinar-bilinmas ajinlar fe’l-atvoringizning o‘zgaruvchan ekanligini bildiradi. Bu toifa ayollar did borasida ajralib turishadi, o‘zi ham, hayoti ham go‘zal bo‘lishi uchun tinmay mehnat qilishadi.
Yuzdagi yoshga doir tekis, aniq va chuqur joylashgan ajinlar sohibasiga erkaklar ham havas qilsa arziydi. Unda o‘ziga xos shijoat, g‘ayrat va maqsad sari intiluvchanlik bor.
Peshonadagi qisqa yotiq chiziqlar yumshoq fe’lli, ko‘ngilchan ayollarga xos. Bunday ayolni xafa qilish oson bo‘lsa-da, arazini ortiqcha namoyish etavermaydi. Hatto g‘am-g‘ussani ham kulib turib yengishi mumkin.
Burundan lab atrofiga qarab yo‘nalgan ajinlar o‘ziga xos xarakterdan darak beradi. Bunday ayollar ob-havo singari o‘zgaruvchan, xafa bo‘lganini ham yoki xursand bo‘lganini ham bilib bo‘lmaydi, sezilmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”