
G‘ayur mardlar bugun moziydan darak,
Rashk otlig‘ fazilat go‘yo bir ertak,
Or-nomus begona qo‘llarda ermak,
Ayolin qizg‘anmay qo‘ydiya erkak.
Er qolar uyida bolasin qarab
Ayol tijoratchi, kezar Turk, Arab,
Bundayin baloga birdan bir sabab,
Ayolin qizg‘anmay qo‘ydiya erkak.
Kiyimlar badanga yopishar tarang,
Kiyimin kiyim deb ataysiz arang,
Buni madaniyat atashar, qarang,
Ayolin qizg‘anmay qo‘ydiya erkak.
Uyidan chiqarda xo‘b pardozlanar,
Nomahram oldida kulib nozlanar,
Hayvon ham juftini axir qizg‘anar,
Ayolin qizganmay quydiya erkak.
Bu eldan chiqqanmi tungi kapalak,
Bundayin isnodni ko‘rganmi falak,
Bundan ko‘ra urma, to‘xta ey yurak,
Ayolin qizg‘anmay qo‘ydiya erkak.
Yurar bo‘ldi kamina el ichra ma’yus,
Yerga qadagancha ko‘tarolmay ko‘z,
Ey voh, urug‘ladi zaminda da’yus,
Ayolin qizg‘anmay qo‘ydiya erkak.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar