"AQShdagi Dyuk universiteti olimlari X (38-45 yoshgacha bo‘lganlar) va Y (27-37 yosh) avlod vakillari, shuningdek 20-asr o‘rtalarida tug‘ilgan odamlarning erta vafot etish ehtimoli yuqori bo‘lishini aytmoqda", – deb yozadi "Science Daily" nashriga tayanib Turon24.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2008 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida X va Y avlod vakillari 25-43 yosh atrofida bo‘lgan. Ular ish topish bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelgan, bu esa ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Jamiyatshunoslar va siyosatchilar yosh avlodning qanday moliyaviy yukni ko‘tarib yurganini biladi, shunga qaramay ularning erta vafot etish darajasiga yetarlicha e’tibor berishmaydi”, – deb ta’kidlashdi tadqiqot mualliflari.
Tadqiqotchilar AQShning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazlarining 1990 – 2016-yillardagi ma’lumotlarini tahlil qildilar.
Ma’lum bo‘lishicha, X va Y avlodlar o‘limining asosiy sabablari o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichish oqibatida kelib chiquvchi kasalliklar, diabet, saraton va yo‘l-transport hodisalari ekan.
20-asr o‘rtalarida tug‘ilgan avlodlar orasida esa yo‘l-transport hodisasi, giyohvandlik, jinoyatlar, o‘z joniga qasd qilish, OITS va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi oqibatida o‘lish xavfi yuqori ekan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”