11:36 / 27.12.2018
6 415

«Muhammad alayhissalomning tarannumi» yoxud Gyote musulmon bo‘lganmi?

«Muhammad alayhissalomning tarannumi» yoxud Gyote musulmon bo‘lganmi?
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

G‘arb dunyosining eng buyuk adiblaridan Volfgang fon Gyote: «Insoniyat har jihatdan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam oldida qarzdordir», deb ham zamondoshlarini, ham XX asr Ovro‘pasini hayratda qoldirgan edi. Gyote Islom va uning buyuk Payg‘ambariga nisbatan favqulodda bir yaqinlik ko‘rsatgan va bu hissiyotini 23 yoshlaridan boshlab so‘nggi kunlarigacha, hatto so‘nggi nafasiga qadar ochiq-oydin izhor qilgan edi.

Dunyoda Islomga eng yaqin va odilona o‘lchovlar bilan yondoshgan millat olmon millatidir. Bu aloqa, shubhasiz Gyotedan boshlangan. Undan ancha oldin Laybnits, Lessing, Herbel kabi faylasuf va adiblar ham ilmiy va xolis o‘lchovlar ila Islomni tadqiq qilganlar. Biroq Gyotening o‘rni butkul o‘zgacha edi. Uning islom haqida ilgari surgan tushunchalarini tashqaridagi islomga uyg‘un bir kishining emas, balki bu dinga mansub kishining fikrlari sifatida qabul qilish kerak. Gyotening Islomga nisbatan samimiy hurmati uning «Hazrati Muhammadning tarannumi» nomli asari bilan boshlanadi. U «Faust»dan keyin eng buyuk asar deb tanilgan «Sharqu G‘arb devoni»da yaqqol namoyon bo‘ldi. Zotan, yozuvchi Qur’on nozil bo‘lgan muborak Qadr kechasini alohida nishonlaganini ham tap tortmay e’tirof etgan. Gyote Islom bilan ilk bor 23 yoshida – Qur’oni karimning yangi tarjimasini o‘qish bilan tanishdi.

Qur’onning ilk lotincha tarjimasi 1422 yilda Bazelda, Teodor Bibliander tomonidan amalga oshirilgan va Martin Lyuterning so‘zboshisi bilan nashr etilgan edi, Bu tarjima Qur’onning asl matnidan juda uzoqligiga va ifodada juda ko‘p xatolar borligiga qaramay, Gyoteni hayratda qoldirgan va u shunday degan edi:

«Qur’on kitoblarning kitobi ekanligiga islomiy vajiba (burch) tufayli ishonaman».

Gyote o‘quvchilari va tinglovchilariga Islom insonning fitratiga eng uyg‘un din ekanligini hamisha aytib yurardi. Uning quyidagi so‘zlari diqqatga sazovor: «Alloh birdir. U nuqsonsiz, somaddir: U tugmadi, tug‘ilmadi». Ma’lumki, bu ifodalar Qur’ondagi Ixlos surasiga oid tarjimaning aynisidir.

Gyote 1820 yilda kelinining kasalligi tufayli tortgan iztirobini bir do‘stiga yozgan xatida bunday ifodalagan edi: «Bu o‘rinda ham o‘zimni Islomda tutishdan boshqa choram qolmayapti».

Gyotening taqdir haqidagi tushunchalari ham islomiydir. «Ustiga nomim yozilmagan o‘q menga tegmaydi», deydi uning qahramonlaridan biri.
«Allohning izni bo‘lmasdan tomdan bir chumchuq ham tushmaydi», degan so‘zlar ham Gyote qalamiga mansubdir.

Gyote o‘limidan bir yil oldin Ekkermanga bunday degan: «Suyukli o‘g‘lim, uluhiyyat fikridan bizning nechog‘lik ham xabarimiz bor?! Bizning tor tasavvurlarimiz u ulug‘ borliqdan nimalarni ham anglata olardi? Bir turk kabi Allohni yuz ismi bilan ta’bir etsam ham, baribir u so‘ngsiz qudrat oldida hech narsa so‘zlamagan bo‘laman».

Gyote 1832 yilning 22 martida hayotdan ko‘z yumdi. Vafotidan oldin qo‘li bilan ko‘ksiga tinmay «W» harfini «chizar» edi. Leo Ketter bu holatni izohlab, «W» Gyotening ilk ismi bo‘lgan Volfgangta ishora, deb tushuntiradi. Ammo shu narsa ma’lumki, Gyote Qur’on harflarini o‘rganish uchun uzoq muddat mashq qilgan va «Alloh» lafzini arabiyda juda yaxshi yoza olgan.

O‘lim oldidan ko‘p nasorolar ko‘ksilariga qo‘llari bilan xoch rasmini «chizishadi», Gyote esa buning o‘rniga «Alloh» lafzini yozgan, deb o‘ylaymiz. (Ma’lumingizki, «Alloh» lafzining boshidagi alif bo‘lmasa ham, ma’no o‘zgarmaydi va «lillah» yozuvi paydo bo‘ladi, uning yozilishi esa, «W» harfiga aynan o‘xshashdir).

Manba: islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Muhammad alayhissalomning tarannumi» yoxud Gyote musulmon bo‘lganmi?