Central Asian University'da 2026 yilning yirik bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Central Asian University 2026 yilgi eng yirik va tantanali bitiruv marosimlaridan biri — CAU Graduation Ceremony 2026ni yuqori saviyada tashkil etdi.
Marosim davomida tibbiyot, stomatologiya, biznes va muhandislik, arxitektura va dizayn, shuningdek, mehmonxona boshqaruvi va turizm maktablari bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shu tariqa yuzlab yoshlar o‘z kasbiy faoliyatining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.
Bitiruvchilarning Gippokrat qasamyodini qabul qilishi, diplomlarni tantanali tarzda olishi va osmonga yuzlab akademik qalpoqchalarning otilishi marosimning eng hayajonli lahzalariga aylandi. Bitiruvchilar, ota-onalar va ustozlarning quvonch hamda hayajonga to‘la his-tuyg‘ulari ushbu kunni yanada unutilmas qildi.
Tantanali tadbir bayramona kayfiyatda davom etib, DJ King Macarella, Shahriyor va DJ Smash ishtirokidagi konsert dasturi mehmonlarga yorqin taassurotlar ulashdi.
Shu bilan birga, Central Asian Universityda yangi o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Abituriyentlar hozirdanoq hujjat topshirib, o‘zlari orzu qilgan kasb sari ilk qadamni qo‘yishlari mumkin.






























Izohlar 0
…