Iroq amaldorining uyidan oltin va millionlar musodara qilindi

Iroqda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan keng ko‘lamli tergov ishlari davomida Neft vaziri o‘rinbosari Adnan al-Jamiliyning uyida yirik miqdordagi naqd pul, oltin va qimmatbaho buyumlar aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, tintuv chog‘ida amaldorning xonadonidan 25 million Iroq dinori, 200 ming AQSH dollari, shuningdek, 4 kilogramm oltin va turli qimmatbaho taqinchoqlar musodara qilingan. Mazkur tintuv may oyi oxirida boshlangan yirik aksilkorrupsiya operatsiyasi doirasida o‘tkazilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Adnan al-Jamiliy davlat mablag‘larini ayniqsa yirik miqdorda talon-toroj qilish sxemasini tashkil etganlikda hamda ayrim yuqori lavozimli amaldorlar manfaatlari yo‘lida vositachilik qilganlikda gumon qilinmoqda.
Qayd etilishicha, bu mazkur ish bo‘yicha ilk yirik musodara emas.
Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Iroq hukumati mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va noqonuniy orttirilgan boyliklarni aniqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rayotganini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…