Kim Su-hyun va Seo Ye-ji ijodga qaytmoqda

Janubiy Koreya shou-biznesining taniqli yulduzlari Kim Su-hyun va Seo Ye-ji uzoq tanaffusdan so‘ng yana ijodiy faoliyatini davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularning qaytishi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’lum qilinishicha, Kim Su-hyun bir yarim yildan ortiq tanaffusdan keyin yana omma e’tiborida ko‘rina boshladi. 2025 yilda unga nisbatan tarqalgan turli ayblovlar ortidan aktyor faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Biroq 14 iyul kuni u Filippinning mashhur Bench brendi uchun tashkil etilgan fotossessiyada ishtirok etib, ijodga qaytganini rasman namoyish qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorga hozirning o‘zida 40 ga yaqin yangi film va drama loyihalarida suratga tushish bo‘yicha takliflar kelib tushgan. Bu esa uning yaqin orada ekranlarga faol qaytishini anglatmoqda.
Ayni paytda aktrisa Seo Ye-ji ham yangi bosqichni boshladi. U B.Wave agentligi bilan eksklyuziv shartnoma imzolab, kelgusida drama, kino va boshqa loyihalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Muxlislar fikricha, koreys seriallari va filmlarining ikki mashhur yulduzining deyarli bir vaqtda ijodga qaytishi K-drama olamidagi eng muhim voqealardan biriga aylanishi mumkin. Endi ularning yangi loyihalari rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…