Vegetarianlik uchun ommaviy ravishda go‘shtdan voz kechish sayyoradagi oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir etadi. Sabzavotlar, mevalar va boshqa o‘simliklar odamlarning ehtiyojlarini qondira olmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson organizmi katta miqdordagi kletchatkani hazm qilishga qodir emas.
AQShning Kaliforniya universiteti olimlari fikriga ko‘ra, go‘shtdan voz kechish tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirishga yordam bermaydi, aksincha, vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Tadqiqotchi Frenk Mitloner tabiatni muhofaza qiluvchilarning go‘shtni iste’mol qilishdan voz kechish fikrini ma’qullamasligini aytdi. Olimning aytishicha, chorva mollari transportga qaraganda ko‘proq karbonad angidrid ajratmaydi.
Atmosferaga chiqariladigan butun antropogen (odam faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan) omillarning 9 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Bu borada yetakchilik elektr energiyasi ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda (28 foiz). Undan keyingi o‘rinda transport turadi, uning ko‘rsatkichi xuddi shunchaga teng. Uchinchi o‘rinni og‘ir sanoat (22 foiz) egallagan. Chorvachilikning ulushi esa atigi 3,9 foizni tashkil etadi.
Chorvachilikning xavfi haqidagi tushunchalar uning iqlimga ta’sirini noto‘g‘ri baholash natijasida paydo bo‘lgan. Transport sektorida mashina detallarini ishlab chiqarish hisobga olinmagan. Bu esa vaziyatning noto‘g‘ri baholanishiga sabab bo‘lgan.
Vegetarianlik yangi agromaydonlarni o‘zlashtirishni talab etadi. Biroq sayyoraning 30 foiz yeri bunga yaroqli, xolos.
Manba: Turon24.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”