08:35 / 31.12.2018
6 252

Yurak kasalligi bor odamlarga spirtli ichimlikning ta’siri o‘rganildi

Yurak kasalligi bor odamlarga spirtli ichimlikning ta’siri o‘rganildi
Sent-Luisedagi Vashington universiteti olimlari 24 yil davomida spirtli ichimlikning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishdi. Natijada ular yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi va spirtli ichimliklarni oz miqdorda iste’mol qiluvchilar umuman ichmaydigan va ichkilikka ruju qo‘ygan odamlarga nisbatan bir yil ko‘proq yashaydi, degan xulosaga kelishdi.

Olimlar 6 ming nafar keksa amerikalikning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Tadqiqot davomida ishtirokchilarning bir qismida yengil shaklidan tortib og‘ir turigacha bo‘lgan yurak yetishmovchiligi kelib chiqqan.

Alkogol iste’mol qilish yurak kasalligi bor odamlarga qanday ta’sir qilishini aniqlash maqsadida ishtirokchilar uch guruhga bo‘lindi: spirtli ichimliklarni umuman ichmaydiganlar, me’yorida ichadiganlar va ichkilikka mukkasidan ketganlar.

Olimlarning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklarning bunday ta’siri sababi hali batafsil o‘rganilmagan. Biroq vino va pivo kabi spirtli ichimliklar qon tomirlarini kengaytirishi va qon bosimini tushirishi ma’lum.

“Agar avvaldan spirtli ichimlik ichmaydigan bo‘lsangiz, yaxshisi, ichishni boshlamaganingiz ma’qul”, – deydi tadqiqot mualliflaridan biri Devid Braun.

Avgust oyidagi yana bir xalqaro olimlar guruhi "alkogolli ichimliklarni “me’yori"da iste’mol qilish sog‘liq uchun zararsiz" degan fikr xato ekan, degan xulosani berishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak kasalligi bor odamlarga spirtli ichimlikning ta’siri o‘rganildi