Sent-Luisedagi Vashington universiteti olimlari 24 yil davomida spirtli ichimlikning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishdi. Natijada ular yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi va spirtli ichimliklarni oz miqdorda iste’mol qiluvchilar umuman ichmaydigan va ichkilikka ruju qo‘ygan odamlarga nisbatan bir yil ko‘proq yashaydi, degan xulosaga kelishdi.
Olimlar 6 ming nafar keksa amerikalikning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Tadqiqot davomida ishtirokchilarning bir qismida yengil shaklidan tortib og‘ir turigacha bo‘lgan yurak yetishmovchiligi kelib chiqqan.
Alkogol iste’mol qilish yurak kasalligi bor odamlarga qanday ta’sir qilishini aniqlash maqsadida ishtirokchilar uch guruhga bo‘lindi: spirtli ichimliklarni umuman ichmaydiganlar, me’yorida ichadiganlar va ichkilikka mukkasidan ketganlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklarning bunday ta’siri sababi hali batafsil o‘rganilmagan. Biroq vino va pivo kabi spirtli ichimliklar qon tomirlarini kengaytirishi va qon bosimini tushirishi ma’lum.
“Agar avvaldan spirtli ichimlik ichmaydigan bo‘lsangiz, yaxshisi, ichishni boshlamaganingiz ma’qul”, – deydi tadqiqot mualliflaridan biri Devid Braun.
Avgust oyidagi yana bir xalqaro olimlar guruhi "alkogolli ichimliklarni “me’yori"da iste’mol qilish sog‘liq uchun zararsiz" degan fikr xato ekan, degan xulosani berishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi