3 842
Jonivorlar boqiladigan uyda o‘sgan bolalar allergik kasalliklarga kam chalinar ekan
Shvetsiyadagi "Gothenburg" universiteti tadqiqotchilari uy hayvonlari boqiladigan xonadonlardagi bolalarning allergiya va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli kamayishini aniqladilar. Tadqiqotchilar guruhining "PLOS ONE" saytida nashr etilgan maqolasida bolalar salomatligi, chaqaloqlik paytida uyda hayvonlarning boqilgani yoki boqilmagani va ularni tahlil qilish natijasida to‘plangan ma’lumotlar keltirilgan.
Chaqaloqlik paytidayoq uy hayvonlari bilan muloqotda bo‘lishga ruxsat berish bolalarning immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, degan fikr mavjud. Ushbu fikrga aniqlik kiritish maqsadida shvetsiyalik tadqiqotchilar guruhi uyida jonivorlar boqiladigan bolalarga mikroblarning qanday ijobiy ta’sir etishini atroflicha o‘rganib chiqishdi.
Guruh tadqiqotlari bolalar salomatligini kuzatish natijalari va ularning uyida boqiluvchi uy hayvonlari haqida to‘plangan ma’lumotlar tahlilidan iborat bo‘lgan. Shunday ma’lumotlar to‘plamining biri yetti yoshdan to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan 1029 nafar bola haqidagi o‘rganish natijalarini o‘z ichiga olgan. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlik paytida uyida hayvonlari bo‘lmagan bolalarning allergik kasalliklarga (ular astma, ekzema, allergik rinokon’yunktivit kabi kasalliklarni ham o‘z ichiga olgandi) chalinishi 49 foizni tashkil qilgan. Bolaligidan uyida uchtadan ortiq uy hayvonlari boqilgan bolalarda esa bu ko‘rsatkich 24 foizni tashkil etgan.
Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, kichkinaligidan uy hayvonlarini boqqan bolalarning katta bo‘lganida allergik va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli kam bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, uyda jonivorlarning bo‘lishi allergiya xavfini kamaytiruvchi omillardan biridir.
Shuningdek, allergik va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoliga ta’sir qiladigan bir nechta omillar borligi aytib kelinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi