19:13 / 11.01.2019
4 845

Olimlar: Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi

Olimlar: Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi
Xitoylik olimlar impotensiyani yaxshi parvarish qilinmagan tishlar bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi Sputnik nashri.

Aniq bo‘lishicha, yomon gigiyena tufayli yuzaga kelgan milk kasalliklari erkaklar jinsiy a’zosini qon bilan ta’minlab turuvchi qon tomirlari zararlanishi ehtimolini oshirar ekan. Mutaxassislar tadqiqot davomida 200 ming nafar erkakni tekshirishgan va ushbu muammolar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqlaganlar.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, periodont kasalliklari bilan og‘riydigan erkaklar jinsiy qovushish uchun kerak bo‘lgan ereksiyaga o‘zlarining sog‘lom sheriklariga ko‘ra uch barobar ortiq erisha olmaganlar.

Bu singari muammolarning oldini olish uchun tishlarni bir kunda ikki marta tozalash va tishlar oralig‘ini tozalash uchun tish iplaridan foydalanish tavsiya etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: Tish tozalamaslik impotensiyaga olib keladi