13:20 / 14.01.2019
3 343

Yer kurrasini ustingizga yuklab ​olmang!

Yer kurrasini ustingizga yuklab ​olmang!
Bir toifa odamlar bor, hayot hodisalaridan asabiylashgani asabiylashgan. Bekordan-bekor oshqozon yarasi, qon bosimi va qand kasalliklarini orttirib oladi. Mayda-chuyda voqealarga ham kuyib yonaveradi: narx ko‘tarilib ketishidan g‘azablanadi, yomg‘ir kechikishdan achchiqlanib, chet el puli qiymati tushib yo oshib ketganiga baqir-chaqir qiladi. Bundaylar hayoti doim bezovtalik va hadiksirashda kechadi. “Ular har bir qichqiriq (ovoz)ni ustlariga (tushayotgan balo va ofat deb) gumon qiladilar“ (Munofiqun surasi 4-oyat).

Sizga nasihatimiz - yer kurrasini ustingizga yuklab qo‘ymang, yomon hodisalarni uloqtiring, o‘zingizga olmang.

Ba’zilarning yuraklari bulut kabidir, har xil shov-shuv va mish-mishlarni o‘ziga singdirib oladi-da, keyin arzimas narsalarga siqilaveradi, har bir narsadan bezovtalanaveradi. Bunday qalb odamni parchalab, uning borlig‘ini yeb ado qiladi.

Ibrat va nasihatlar haqqa erishganlarning imonlarini kuchaytiradi. Imoni kuchsizlarning esa vahima-vasvasasi ko‘p. Turli mish-mishlarga yuragi shijoatlilargina qarshi tura oladi. Albatta, jasur va qo‘rqmas kishilar keng fe’l, bosiq, mustahkam ishonchli, bag‘rikeng bo‘ladi. Qo‘rqoq esa behuda xavfsirash, vahima, alg‘ov-dalg‘ov tushlar qilichi bilan har kuni o‘zini bir necha marta o‘ldiradi.

Agar siz xotirjam hayotni xohlasangiz, ishlarga shijoat va bardosh bilan yuzlaning. O‘ziga ishonmaydiganlar sizni hissiyotlarga solmasin. Ular makr-hiyla qilgan ishlarga siqilib yurmang. Hodisalarga nisbatan qattiq, muammolarga nisbatan shiddatli va bo‘ronlarga nisbatan kuchli bo‘ling. Zaif qalbli kishilarga Allohning rahmi kelsin. Kunlar ularni necha bor larzaga solib, bezovta qiladi. “Ularni odamlardan va mushriklardan ham hayotga (yashashga) hirs qo‘yganroq holda topasiz“ (Baqara surasi, 96-oyat).

Ammo ana shunday zaiflikni rad etuvchilar Allohdan bo‘ladigan yordam va Uning va’dalariga qat’iy ishonch uzradirlar. “Ularga xotirjamlik tushirdi...“ (Fath surasi, 18-oyat).
“O‘kinma“ kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yer kurrasini ustingizga yuklab ​olmang!