Oq qo‘ziqorin tarkibida qarish jarayonini sekinlashtiruvchi 2 ta antioksidant borligi sabab, yanada ko‘proq vaqt yosh holda qolishimizga ko‘mak beradi. Bu haqda Pensilvaniya (AQSh) universitetining olimlari o‘tkazgan tadqiqotiga asoslanib, «Korrespondent.net» xabar qildi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, oq qo‘ziqorin organizmda o‘z-o‘zidan ishlab chiqarilmaydigan antioksidant – ergotionein aminokislotaning manbasi hisoblanadi.
Inson bu moddani faqatgina ratsional ovqatlanishdan olishi mumkin. Oq qo‘ziqorin tarkibidagi ergotionein boshqa mahsulotlardan 10 barobar ko‘proq. Bundan tashqari, qo‘ziqorinlarda yana bir muhim antioksidant bo‘lgan glutation mavjud.
Antioksidant moddalar hujayralardagi faol kislorod darajasini nazorat qiladi. Shu tufayli ular molekulalarning hujayralari va hujayra membranalarining hayoti uchun zarur bo‘lgan DNKning zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Qarish jarayoni organizmdagi oksidlanish natijasida hujayralarga yetgan shikastlanishlarning yeg‘ilib qolishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham antioksidantlarning himoyalovchi xususiyati qarishni sekinlashtira oladi.
Oq qo‘ziqorin tarkibida mavjud bo‘lgan eng muhim ozuqalar — selen, D vitamini, glutation va ergotioneindir. Olimlarning ta’kidlashicha, ularning barchasi oksidlovchi stressni yengillashtiradigan antioksidantlar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi