17:30 / 14.01.2019
4 685

Uzoq umr ko‘rishga nima ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi

Uzoq umr ko‘rishga nima ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi
Xalqaro olimlar jamoasining aniqlashicha, ko‘p hayot kechirgan qarindoshlarning borligi oila boshqa a’zolarida uzoq umr ko‘rish imkoniyatini oshiradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada aytilgan.

Tadqiqotchilar 20 ming oiladan bo‘lgan 315 ming kishining shajarasini tahlil qilib chiqishdi, ular haqidagi ma’lumotlar 1740 yildan beri to‘plangan. Ma’lum bo‘lishicha, uzoq hayot kechirgan qarindoshlar sonining ortishi bilan erta o‘lim xavfi kamayadi. Agar ota-ona uzoq yashagan bo‘lsa, unda o‘lim ehtimoli 31 foizga pasayadi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar eng yuqori hayot davomiyligiga ega bo‘lgan insonlarning 10 foizini uzoq umr ko‘ruvchilar, deb hisoblashgan.

Agar uzoq umr ko‘rganlar ota-ona emas, balki amaki va amma bo‘lsa, bunda ham o‘lim xavfi kamaygan. Olimlarning so‘ziga ko‘ra, ba’zi tashqi omillar umr davomiyligini pasaytirsa ham, bu ota-onalar uzoq umr ko‘rish genlarini berishi mumkinligini isbotlaydi. Tadqiqotchilar umid qilishicha, ish natijalari tegishli DNKni aniqlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘rishga nima ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi