O‘n ikki yoshlarda edim. Maktab xarajatlarimni topish uchun uyma-uy gazeta tarqatar edim. Shu on ismini eslolmaydiganim keksa xonim mening mijozim edi. Menga kechira olish borasida juda chiroyli va unutilmas saboq berdiki, umid qilamanki, men ham bir kuni kimgadir ayni hissiyotlarni shunday go‘zallik bilan tuhfa etaman.
Zerikarli, shanba kuni edi. O‘rtog‘im bilan keksa xonimning uyi orqasidagi bog‘chada bir burchakka yashirinib olgancha tomga tosh ota boshladik. Qo‘limizdan uchgan toshlar tunukadan dumalab pastga tushishini osmondan dumli yulduz tushayotganini tomosha qilgandek kuzatib zavqlanardik. Dumaloq tosh oldimda, bor kuchim bilan tomga irg‘itdim. Ammo tosh bu safar tomga emas, eshikning oynasiga tegdi. Oyna singanini tovushini eshitgan zahotimiz, yashiringan joyimizdan uchib chiqib qochdik. Keksa ayol bizni ko‘rishi mumkin emasdi. Tun bo‘yi keksa ayol meni tutib, jazolashini o‘ylab qo‘rqqanimdan uxlay olmadim. Ertasi kuni gazetasini berish uchun eshigiga borganimda, odatdagidek samimiy tabassum bilan hol-ahvolimni so‘radi. Ammo men aybdorona qiyofada uning yuziga ham qarayolmasdim. Oxiri topgan pulimni jamg‘arib, ayolga singan oyna uchun to‘lashni o‘yladim.
Uch haftadan keyin yetti dollarga yetdi jamg‘armam. Bir qog‘ozga “Oynangizni sindirganim uchun xijolatdaman. Umid qilamanki, bu pul yangi oyna olib qo‘yish uchun yetadi” deb yozdimu pul bilan xatjild ichiga qo‘ydim. Kechki payt qorong‘u tushishini kutib, xatjildni keksa xonimning pochta qutisiga otdim. Bir zumda ruhim yengil tortdi. Endi avvalgidek keksa xonimning ko‘zlariga qaray olishimni o‘ylab ichim sevinchga to‘ldi. Ertasi kuni eshigiga borib, gazetasini uzatgandim har doimgidek jilmayib qarshiladi meni. Men ham unga javoban ko‘zlariga qaradim.
Shundoq orqamga qaytganimda:
– Hoy, bir daqiqa to‘xtagin, xayolimdan ko‘tarildi, bu qurobiyalar (ruschada: pechene) senga deya qo‘lidagi xaltani uzatdi. Uydan uzoqlasharkanman mazza qilib qurobiyalarni yeya boshladim. Bir nechta shirinlik yeganimdan so‘ng xaltada bir xatjildga ko‘zim tushdi. Ichida qisqa jumla ilova qilingan yetti dollar bor ekan: “Sen bilan faxrlanaman!”.
Turkchadan Umida ADIZOVA tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”