13:33 / 22.01.2019
6 613

Musibatlar – muhabbatdan darakdir!

Musibatlar – muhabbatdan darakdir!
"Har qachon Alloh taolo sendan mol-dunyoni to‘sib qo‘yganini va qiyinchilig-u balolarni ko‘paytirib qo‘yganini ko‘rsang bilginki, albatta, sen U Zot huzurida aziz ekansan!

Va albatta, U zot nazdida makoning, qadring bor ekan!
Va albatta, U Zot ushbu balo-yu musibatlar ila seni O‘zining avliyo va asfiyolari yo‘liga yurgazib qo‘yadi!
Va albatta, U Zot seni ko‘rib turadi! Senga nazar soladi!

Alloh taoloning: "Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko‘z o‘ngimizdasan", deb marhamat qilganini eshitmaganmisan?!" Shayx Muhammad G‘azoliy rohimahulloh.

Musibatlar bandalarning iymoniga yarasha beriladi. Iymoni komilroq insonlar duchor bo‘ladigan musibat-u tashvishlar kattaroq bo‘lishini Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallam aytganlar.

Demak, bizga alamli bo‘lgan narsalar zamirida ne’matlar bo‘lar ekan! Ushbu musibatlar sababli Robbimiz bizlarni O‘zining xos bandalari qatoriga munosib ko‘rayotgan bo‘lar ekan!

Bu g‘am-tashvishlar aslida Haq taolo nazdidagi qadrimiz borligidan darak! Mana shu musibatlar sababli Haq azza va jalla bizlarga rahmat nazari ila boqar ekan!

Do‘stim, musibat-u g‘amlardan siqilishni bas qil! Senga Robbimizning rahmat nazari ila boqishi, U zot huzuridagi maqoming borligi kifoya emasmi! Alloh do‘stlari yo‘liga yurgazib qo‘ygani yetarli emasmi?!

Bu ulug‘ ne’matlar musibat onlarida sabrli bo‘lib, noshukr bo‘lmaydigan, isyon qilmaydigan va taqdir Allohdan ekaniga ishonib, shunga yarasha holatda bo‘ladigan baxtli bandalar uchundir!
Sunnatulloh ABDULBOSIT

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Musibatlar – muhabbatdan darakdir!