Yulduzim! Bugun maktabdan kelganingda ko‘zimga negadir mahzun ko‘rinding. Ishtahang ham unchalik yaxshi emasdek tuyuldi. Sen mayus ko‘rinsang, ko‘nglimga qil ham sig‘maydi bolajonim.
– Nima bo‘ldi malikamga? – deb so‘radim.
– Yo‘-o‘q, oyijon! Hech narsa, – deding g‘amgin.
– Qani gapiring-chi. Nima ekan o‘sha aytolmayotganingiz?
– Oyi, Malika borku dugonam mendan chiroylimi?
Kulib qo‘ydim. Hayriyat qo‘rqinchli narsa emas ekan.
– Nega unday deysan? Sen o‘zing boshqacha chiroylisan. Malika ham o‘ziga yarasha chiroyli.
Bu gap ko‘nglingdagi g‘ashlikni tarqatmadimi, yana mayus jilmayding.
– Yanayam go‘zalroq bo‘lishni istaysanmi?
– Ha, deding ko‘zlaring chaqnab. – Istayman!!!
– Buning uchun eng avvalo qalbing go‘zal bo‘lishi kerak! Bu degani agar sen odobli, axloqli bo‘lsang, ko‘cha-ko‘yda kattalarga qo‘ling ko‘ksingda salom bersang, jamoat ulovlarida yoshi ulug‘larga joy bo‘shatsang, ochiq chehrali, samimiy, xush xulqli bo‘lib, o‘zingda yaxshi va ezgu xislatlarni jamlasang sen hammadan go‘zalroq bo‘lasan. Agar qo‘pol va odobsiz bo‘lsang, chiroying bu illatlar soyasida qolib ketadi.
Sen indamaygina bag‘rimga otilding. Yuzlaringdan o‘pib qo‘ydim.
– Men odobli qizman-a, oyijon, – deding jilmayib.
– Albatta, doimo a’loga o‘qiydigan, ukalariga mehribon, onasiga yordamchi qizim nega odobli bo‘lmasin, – dedim men.
Sen xursand bo‘lib ukangni o‘ynatishga tutinding. Bilsang edi shu kichkintoyga qarab turishingning o‘zi musofir shaharda men uchun qanday katta yordamligini! Boringga shukur Azizam, mehribonim!
Davomi bor...
Saida IBODINOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi