Odatda ikki kishi bir joyda o‘tirib qolsa, mol-davlat, dunyo matohlaridan boshqa arzirli mavzu topilmaydi suhbat uchun. Shukr va minnatdorchilik ifodalangan jumlalarni har doim ham eshitavermaymiz. Singlim bilan suhbatlarimiz ham shunday kechardi. Ko‘z-ko‘zga tushib uchrashgani daqiqamizdan singlim oilaviy yetishmovchiliklardan o‘ksinib, “boshqalarday mazza qilib” yasholmayotganidan noligani noligan edi. Har qancha urinsam ham baribir singlimdagi tushkun kayfiyat o‘rnini shukronalik va quvonchga to‘ldirolmasdim.
Bir kuni uning iltimosi bilan bozorga tushdik. Yo‘ldan o‘tayotganimizda katta tezlikda kelayotgan mashina bizni urib yubordi. Bir necha chaqirim nariga borib tushdik. Atrof shovqin-suron bo‘lib ketdi. Yerda hush behush yotganimda singlimning “oyog‘im” deya ingragani uzoqdan qulog‘imga chalinganday bo‘ldi. Shu bo‘yi kasalxonada ko‘zimni ochdim. Tibbiy tekshiruvlar menda bosh miya chayqalishi va oyoq suyagim darz ketgani, singlimda ham miya chayqalishi va oyog‘i singanini ayon qildi.
Kasalxonada yotganmizda singlimga qarab:
— Men yana yurib ketamanmi?-deya o‘kinch bilan so‘rardim. O‘yga botib, menga taskin berishga urinayotgan singlimga: - Bilasanmi, hozir xuddi yosh boladek chopqillab qiyqirgim, daraxtlarni quchoqlagim, yerga to‘kilgan barglarni g‘ijimlab, “Shitir”lashiga maftun bo‘lgim kelyapti,- deya yig‘lardim...
Kasal bo‘lganimizda hayot qadrini, yashash zavqini his qilar ekanmiz. Betob bo‘lib bo‘lib qolganimizda BAXTli bo‘lish uchun faqat sog‘likning o‘zi yetarli ekanini mulohaza qilamiz. Har kuni shoshilib ishga boramiz. Shoshilib uyga qaytamiz. Ko‘cha-ko‘ydagi go‘zalliklarni, ko‘z quvnatadigan manazaralarni qo‘ya turaylik, hatto o‘z hovlimizda ochilgan atirgulni ham xotirjam, zavq bilan hidlamaymiz. Baxt deganda ko‘z oldimizga hashamatli uy, so‘nggi rusumdagi avtomashina, bejirim, qimmatbaho kiyimlaru taqinchoqlarni tushunamiz. Baxt bizga mayda va jo‘n tuyulgan holatlardaligini tafakkur qilmaymiz. Oyog‘imiz yurayotgani, ko‘zimiz ko‘rayotgani, burnimiz hidlayotgani, qalbimiz his qilayotgani, qornimiz to‘qligi, ustimizda bir emas, bir nechta kiyimimiz borligi, yaqinlarimiz, oilamiz, farzandlarimiz borligi va ularning sog‘-salomatligini har doim ham baxt sanayvermaymiz. Qarang, baxtiyorman deyishga arzirli qancha narsamiz bor ekan. Shukrini tinmay ado etishga munosib ne’matlarimiz sanoqsiz ekan. Biz esa noshukrlikda nolish va qachon boyib ketish tashvishi bilan aziz umrni sovurib o‘tyapmiz...
Kubro BUYuK
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”