
Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Ba’zi faqirlarni bilaman. Ularning puldan boshqa narsalari yo‘q.
Shunday insonlar borki, xorijda ta’lim olishadi. Kasal bo‘lishsa, xorijda davolanishadi. Sayohatga ham xorijga chiqishadi. Ularning yurt ichida qiladigan yagona ishlari – Vatanga xiyonat qilish, uning molini o‘g‘irlashdir.
Axloqning asosi – yolg‘ondan butunlay tiyilishingdir.
Katta aqllar fikrlar ustida tortishadi.
O‘rtacha aqllar voqealar ustida tortishadi.
Mayda aqllar shaxslar ustida tortishadi.
Hatto muzdan pokroq va qordan tozaroq bo‘lsang ham, chaqimchilikdan qochib qutulolmaysan.
Xoh hozir bo‘lsin, xoh keyin, barcha odamlar qilgan ishlarining badalini to‘laydilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Kim asossiz holda yashasa, sharafsiz holda o‘ladi.
Anis Mansur
*****
Haqiqiy yuz deb o‘ylab yurganlarimizning yuzlaridan niqobning tushishidan ko‘ra og‘riqliroq narsa yo‘q.
Ibrohim Fiqiy
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Nozimjon Iminjonov
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar