Shifokorlar ertalab nonushtaga sitruslarni tanovul qilmaslikni tavsiya qilishmoqda, chunki ular oshqozonning kislotalik miqdorini oshiradi. Mutaxassislar nordon-shirin mevalarni kunduzi, tushlikdan 2 soat oldin yoki keyin iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.
Pomidorlarni ham och qoringa yeyish nomaqbul ekan, chunki ularda tanin kislotasi mavjud bo‘lib, u kislota miqdoriga ta’sir qiladi va oshqozon-ichak yo‘lida muammolar keltirib chiqaradi.
Shuningdek, barra yashil sabzavotlarda erimaydigan to‘qimalar mavjud bo‘lib, ular och qoringa yeyilganda organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yogurt bo‘sh qoringa tushganda xlor-vodorod kislotasining hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu kislota barcha foydali mikroorganizmlarni o‘ldiradi, kislotalikni oshiradi va oshqozonda og‘riq paydo qiladi.
Shifokorlar, shuningdek, ertalab och qoringa qora choy yoki qahva qabul qilmaslikni tavsiya qilishgan, chunki bu mahsulotlarda kofein moddasi mavjud bo‘lib, u jig‘ildon qaynashi va oshqozon buzilishiga olib keladi. Shu sababli ertalab bu ichimliklar o‘rniga bir stakan sovuq suv yoki giyohli choylar ichgan maqbul hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?