06:35 / 05.03.2019
6 614

Semirishga qarshi kurashishning oddiy usuli aniqlandi

Semirishga qarshi kurashishning oddiy usuli aniqlandi
AQSHdagi Beylor tibbiyot kollejining olimlari asprosin garmoni ishtaha va tana ogʻirligini nazorat qiluvchi miya faoliyatini tartibga solishini aniqladi. Ushbu birikmaning pasaytirilishi ochlik hissi hamda isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini kamaytiradi.

Mutaxassislar yoshlik vaqtida qarib qolish — progeriya va distrofiya, shuningdek, gʻayritabiiy darajada zaif ishtaha FBN1 genidagi mutatsiya sabab sodir boʻlishini aniqladi. Nuqsonli DNKdagi fibrillin-1 oqsilida kichik qism yetishmaydi. Asprosin deb ataluvchi ushbu qism sogʻlom odamlarda fibrillindan ajralib chiqib, alohida molekula sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Olimlar progeriya bilan ogʻrigan bemorlardagi kabi mutatsiyaga ega sichqonlar ustida tajriba oʻtkazdi. Ularning organizmiga asprosinning kiritilishi hayvonlar ishtahasini oshirgan.

Maʼlum boʻlishicha, garmon gipotalamusdagi neyronlar bilan oʻzaro aloqa qiladi.
Olimlarning hisoblashicha, tadqiqot natijalari semirishni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Semirishga qarshi kurashishning oddiy usuli aniqlandi