14:48 / 05.03.2019
5 669

Gap-soʻzlaringiz oʻzingiz haqingizda nimalarni oshkor etadi?

Gap-soʻzlaringiz oʻzingiz haqingizda nimalarni oshkor etadi?
Nutqimiz tashqi koʻrinishimiz va oliy oʻquv muassasalarining diplomlariga qaraganda koʻproq narsani soʻzlaydi.
Fikrlarni chiroyli va aniq bayon etish, suhbatdoshni qiziqtira olish – haqiqiy isteʼdod.

Oʻzingiz haqingizda faqat ijobiy soʻzlarni ayting
Bilingki, fikr va soʻzlaringiz hayotingizga taʼsir koʻrsatadi. Ular siz bilan bogʻliq vaziyatlar, oʻzingizni his qilishingiz, sogʻligʻingiz va hatto farovonligingizning asosidir.

Oʻzingizga qanday xususiyatlarni loyiq koʻrsangiz (hatto hazil qilib ham), bu sizning obrazingiz soyasiga aylanib, ishlashni boshlaydi.

Ikkinchi muhim band – atrofdagilar siz tomondan tasvirlangan obrazga ishonishni boshlaydilar va sizda aynan shunday mezonlar egasini koʻradilar. Shuning uchun faqat bunyodkor, ezgu narsalarni gapirishni odatga aylantiring. Hazil qilib boʻlsa ham oʻzingizni urishish, soʻkish va laqablar oʻylab topishingiz mumkin emas.

Foto: Unsplash
Atrofdagilar haqida faqat ijobiy soʻzlang
Oʻzgalarni gʻiybat qilish va ular haqida salbiy narsalarni soʻzlashdan koʻra buzgʻunchi va befoyda odat boʻlmasa kerak. Bilingki, oʻzgalarning xususiyatlari ustidan kulib, kimgadir baho berganingizda tez orada aynan shunday voqealar oʻzingiz bilan sodir boʻlishni boshlaydi. Buni ilm-fanga asoslanib, tasvirlashning iloji yoʻq.

Kimdir xato qilgan boʻlsa ham muhokama va qoʻpol soʻzlarga yoʻl qoʻymang. Siz gapirayotgan narsa birinchi navbatda sizni tasvirlaydi. Aynan sizning axloqiy rivojlanganingiz, komillik va shaxsiy sifatlar oshkor boʻladi.

Shuni bilingki, birinchi navbatda diqqatingizni tortib, jigʻingizga tegayotgan narsalar – gapirayotgan kishining oʻziga xos. Shuning uchun oʻzingizni qopqonga itarmang, yaxshisi jahlingizni chiqargan jihatlarga eʼtibor bering va aynan shu mavzular ustida ishlang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gap-soʻzlaringiz oʻzingiz haqingizda nimalarni oshkor etadi?