Nahorda suv ichish sogʻliq uchun foyda deyishadi. Biroq uning ijobiy jihati nimadan iborat ekanini hamma ham tushunavermaydi. Uygʻonishingiz bilan suv ichishni odat qilsangiz, ana shu afzalliklarning barini qoʻlga kiritasiz.
Suv – kunning istalgan qismida foydali boʻlgan qimmatli ichimlik. Biroq nima uchun aynan nonushtagacha suv ichish haqida soʻz yuritiladi?
Ovqatlanish va salomatlik sohasi mutaxassislari nahorga bir stakan iliq suv ichish haqida aytishadi. Aynan shu paytda, biroz ochqagan vaqtingizda suyuqlik eng katta foyda keltiradi.
Suv ichaklarga oqib tushadi
Tongda suv isteʼmol qilinganida u zudlik bilan oshqozonga va ichaklarga tushadi. Tongda qanday suv ichish muhim emas, ichaklar uchun har qanday suyuqlik foydali boʻladi. U zaharli moddalar chiqarilishiga yordam beradi. Suv ichaklarni tozalab, ovqatdan keladigan foydali moddalar yaxshi oʻzlashtirilishiga hissa qoʻshadi.
Zaharli moddalarning chiqarilishi
Zaharli moddalar nafaqat ichaklarda boʻladi. Ular qonga soʻrilib, barcha organlar va toʻqimalarga boradi. Zaharli moddalarni oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhitdan olamiz. Organizm ular tufayli aziyat chekadi va noroziligini turli usullar bilan bildiradi – charchoq, yuz hamda tanadagi toshmalar, immunitetning pasayishi, bosh ogʻrigʻi. Nahorga suv ichish hujayralar uchun foydali, tunda tanadagi zaharli moddalar koʻpayadi, ulardan xalos boʻlish uchun esa suv zarur.
Metabolizmning tezlashishi
Tadqiqotlar tongda och qoringa ichilgan bir stakan suv metabolizmni 25 foizga tezlashtirishini koʻrsatgan. Bu ortiqcha vaznga ega odam uchun suv kaloriyani faol sarflash, natijada ozishga yordam berishini anglatadi.
Ishtahani nazorat qilish
Koʻpchilik nima uchun nahorga suv ichish kerakligini tushunmaydi. Axir u ishtahani boʻgʻadi. Nonushta esa muhim yegulik sanaladi. Organizm gʻaroyib tuzilgan. Suv kun davomida ochlik hissini “boʻgʻadi”, biroq tongda ovqat hazm qilish organlari faoliyatini ishga tushirib, uni toʻyimli nonushtaga hozirlaydi.
Suv porsiyasi – butun tana, jumladan ovqat hazm qilish uchun ham uygʻonishdir.
Immunitet uchun foydasi
Shifokor ham immunitetni koʻtarish uchun nahorga bir stakan suv ichishni maslahat berishi mumkin. Immunitet holati koʻpincha ichaklarga bogʻliq. Suv esa tozalash uchun faqat foydali boʻladi.
Terining tozalanishi
Bu natijani sezmaslikning iloji yoʻq. Teri ham zaharli moddalardan aziyat chekadigan organ. U tozalanganida elastikligi ortadi, toshmalar bartaraf etiladi.
Suv quvvat beradi
“Suvda quvvat beradigan kofein va boshqa moddalar boʻlmasa, nima uchun ichish kerak?” degan savol tugʻiladi. Biroq inson tanasi kofein va boshqa quvvat beruvchi moddalarda emas, suvda ishlaydi. Har bir hujayraning faoliyati uchun suv zarur. Suyuqlik isteʼmol qilish eritrotsitlar tezda oʻsishiga hissa qoʻshadi. Shu sababli kislorodning butun tana boʻylab aylanishi yaxshiroq va tezroq amalga oshadi. Tana yangi kuch-quvvatga ega boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”