06:46 / 21.03.2019
12 986

Bomdod namozining jismimizga qanchalik foydasi bor?

Bomdod namozining jismimizga qanchalik foydasi bor?
Alloh taolo uyqu vaqti boʻlishiga qaramay nega aynan bomdod namozi vaqtida bizni ibodat qilishga chaqirdi?

Inson muvaffaqiyatga erishganda, orzusi amalga oshganda, qalbiga yaqin insonni koʻrganda, ibodat lazzatini totganda … qalbi sururga toʻladi. Bu holatlarning barchasida inson tanasida xursandchilik gormoni boʻlgan dofamin miqdori oshadi.

Olimlar oʻtkazgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, tunda uyquga ketish dofamin ajralib chiqishini kamaytiradi, tongda esa uning ajralib chiqishi yaxshilanadi. Erta tongda quyosh chiqishidan oldin uygʻonish dofamin juda katta miqdorda ajralib chiqishini taʼminlaydi. Bu esa miyaning oʻz ishini yanada samarali olib borishiga, kishi oʻzini baxtli va xotirjam his qilishiga sabab boʻladi.

Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam buni bizga 14 asr oldin xabarini bergan edilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Shayton sizlardan biringiz uxlab yotgan paytida gardaniga uchta tugun tugadi. U har bir tugunga ura turib: “Hali tun uzoq, uxlayver”, deydi. Agar (banda) uygʻonib, Allohni zikr qilsa, bir tugun yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi. Agar namoz oʻqisa, uchinchi tugun ham yechiladi, hamda u tetik va xushhol boʻlib qoladi. Aks holda lanj va tanbal insonga aylanadi”.
Abduddoim Kahil
Shahzod Ramazonov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bomdod namozining jismimizga qanchalik foydasi bor?