09:07 / 23.03.2019
3 516

Shakarni koʻp isteʼmol qilish miyani ishdan chiqarishi aniqlandi

Shakarni koʻp isteʼmol qilish miyani ishdan chiqarishi aniqlandi
Shakarni muntazam va xaddan ziyod isteʼmol qilish inson miyasiga doimiy stressdek salbiy taʼsir koʻrsatadi. Hindistondagi Milliy institut va Yangi Janubiy Uelss (Avstraliya) universitetining olimlari mazkur xulosaga kelishdi. Bu haqida National Geographic xabar berdi.

Ular oʻz tadqiqotlari mobaynida yoshlikda olingan kuchli stress kelgusida ruhiy kasalliklar xavfini oshirishi toʻgʻrisidagi avvaldan maʼlum boʻlgan haqiqatni tekshiruvdan oʻtkazishdi. Bu holat stress natijasida miyaning ayrim qatlami faoliyati oʻzgarib, ishdan chiqishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, olimlar koʻp shirinliklar yeyish odati miyaning rivojlanishiga qay darajada taʼsir koʻrsatishini oʻrganishga qaror qilishdi.

Laboratoriyada yangi tugʻilgan kalamushlar bilan tajriba oʻtkazildi. Hayvonlar ikki guruhga, har bir guruh yana ikkitadan guruhga boʻlindi. Birinchi guruh oʻn kun davomida stress taʼsiri ostida katta boʻldi, ikkinchi guruhni esa bu vaqt mobaynida hech narsa bezovta qilmadi. Ikkala holatda ham, jonivorlarning yarmi shakar bilan boqildi. Qolgan qismi esa chegaralangan miqdorda isteʼmol qildi.

15 haftadan soʻng tajriba shuni koʻrsatdiki, stressga tushmagan, lekin shakar bilan oziqlangan kalamushlarda ham xuddi yoshligida ogʻir kunlarni boshdan oʻtkazgandek stress holati kuzatildi. Eng yomon koʻrsatkichni “stress+shakar” guruhidagi kalamushlar qayd etdi. Odatiy sharoit va parhezda oʻsgan jonivorlar esa boshqalariga nisbatan ancha sogʻlomroq deb topildi.

Miya oʻzgarishi natijasida olimlar kortizol – “stress garmoni” otilib chiqishini tadqiq qilishdi. Uning yuqori darajaga koʻtarilishi oqibatida, xotira va fikrlash vazifalari ishdan chiqmagunicha, asab hujayralari koʻproq nobud boʻladi.

Olimlar oʻtkazilgan tajriba orqali barcha ota-onalarga quyidagi foydali maslahat berishadi: farzandlaringiz ovqatlanish tarziga jiddiy eʼtibor bering, aks holda, shakarning koʻp miqdordagi isteʼmoli miyaning kelgusidagi faoliyatiga taʼsir koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shakarni koʻp isteʼmol qilish miyani ishdan chiqarishi aniqlandi