15:34 / 26.03.2019
8 534

Insonlarning oʻlimdan oldin nimani his qilishi maʼlum boʻldi

Insonlarning oʻlimdan oldin nimani his qilishi maʼlum boʻldi
Deyarli barcha odamlar oʻlim jarayonini ogʻriq va azob-uqubatlar bilan bogʻlashadi. Avstraliyaning Wollongong universiteti olimlari esa bu borada barchani tinchlantirishga harakat qilmoqda. Ularning aytishicha, oʻlim vaqtida odamlar hech qanday ogʻriqni his qilishmaydi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, odamlarning 85 foizi ogʻriqni his qilmaydi. Hayotning oxirgi daqiqalarida tinim bilmas hayotdan farqli oʻlaroq, odam tinchlanadi. Olimlar hayotning oxirida odamlarning ishtahani yoʻqotishi va charchashga moyilligini aniqladilar. Shuni taʼkidlash kerakki, soʻnggi tuygʻu juda kuchli boʻlib, uni oddiy ogʻriqlar kabi yoʻq qilish mumkin emas ekan.

Tadqiqot jarayonida bemorlarning 13,3 foizi charchash sababli kuchli stressni boshdan kechirgan, barcha odamlarning 7,4 foizida ogʻriq kuzatilgan, 7,1 foizi esa ishtahani yoʻqotgan. Shuningdek, uyqusizlik, koʻngil aynish, nafas olish va ichak harakatlari kabi muammolar ham kuzatilgan. Oʻlim vaqti yaqinlashganda esa alomatlarning aksariyati yoʻqolar ekan, deydi Aniq.uz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonlarning oʻlimdan oldin nimani his qilishi maʼlum boʻldi