
Biz unashtiruvgacha yoki nikohgacha boʻlgan paytda, boʻlajak kelinga turli xil hadya va sovgʻalarni joʻnatishdan aslo charchamaymiz. Nikoh boʻlib oʻtgach esa, yillar oʻtib ketadiki, jufti halolimizga arzirli biron narsa hadya qilganimizni eslayolmaymiz. Bu – juda katta xato.
Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadi:
“Er ayoli bilan namunali oila boʻlib hayot kechirishi uchun eng goʻzal omillardan biri shuki, er ayoliga vaqti-vaqti bilan hadya va sovgʻa berib tursin.”
Ayol qayta-qayta bir narsani soʻrab olishi uni xursand qilmaydi. Er kishi himmat qilishi va xotiniga hadya berib turishi oila mustahkamligi uchun shart va zarurdir.
Agar buning hech imkoni boʻlmasa, shirin soʻzimizni ayamaylik! Texnologiyalar rivojlangan bugungi davrda, kuniga bittagina shirin soʻzlar bitilgan xabar joʻnatish qiyin ishmas. Zero, yaxshi soʻz ham sadaqa, ham oila mustahkamligini saqlab qolishda yordam beruvchi asosiy omillardan biridir.
Saida Rustam qizi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar