07:43 / 03.04.2019
3 418

Har bir ayol millat tarbiyachisi

Har bir ayol millat tarbiyachisi
Baʼzida ayollarimiz uy ishlaridan charchaganliklarini, bolalari bilan hech narsaga ulgurmayotganliklaridan nolishadi. Ammo ular roʻzgʻorda bajarayotgan ishlari uchun ajru savob olishlarini bilishganida, bu haqda ilmga ega boʻlishganida edi, aslo bunday gaplarni aytmagan boʻlardi. Ayollar uylarni tozalashi va barcha roʻzgʻor ishlarini qilganliklari, tartibga keltirganliklari uchun ajru savob olishadi. Ayniqsa, odamlar koʻziga emas, Alloh pokizalikni sevadi, shuning uchun ham hamma joyni toza saqlashim kerak deb niyat qilib ishga kirishsa, har bir tartibga olgan narsasi miqdorida savobga ega boʻladi. Demak, biz ayollar ixtiyorida kunu tun ajr olish imkoni bor. Bolalarimizga vaqt ajratishimiz, kiyim-kechakni tartibga keltirish, yuvish, uyni tozalash, idishlarni yuvish, bularning barchasini Alloh roziligi uchun qilishning savobi ulugʻdir.

Aksincha, odamlarning gapini deb, ayollarning uy yumushlarni bajarishi, ularni ajrdan mahrum qiladi. Ayol kishi oz boʻlsa ham diniy va dunyoviy ilmlarga ega boʻlsa, bunday savoblardan mahrum boʻlib qolmasliklari uchun harakat qiladi. Baʼzi ayollarimiz borki, oddiy sunnat amallarning tartibini bilishmaydi. Ular oʻzlari tushunchaga ega boʻlmasdan turib farzandlariga tahorat, gʻusl va ularning tartibi, vojib amallari haqida qanday maʼlumot bera olishi mumkin? Har bir muslima kelajakda tarbiyachidir. Shunday ekan, har bir ayol hech boʻlmasa, oddiy boshlangʻich ilmlarni egallashi, farzandlariga tarbiya berishda ular oldida uyalib qolmasligi kerak.

Poklik iymonning yarmidir. Biz muslimalar, Allohning roziligi uchun bu ishlarni ogʻrinmay qilsak, ixlos bilan bajarsak, katta savobdir. Shunday ekan, savobdan bebahra qolmay desangiz, har kuni Alloh uchun deb uy-roʻzgʻoringizni tartibga keltiring! Zero dinimiz, biz kichik sanagan ishlar uchun ham, ulkan mukofotlar ato etajak!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir ayol millat tarbiyachisi