19:05 / 03.04.2019
3 959

Hayotda koʻproq muvaffaqiyatga erishishni xohlaysizmi?

Hayotda koʻproq muvaffaqiyatga erishishni xohlaysizmi?
Hayotda koʻp muvaffaqiyatga erishgan odamlarga xotirjam yashash, baxtli boʻlish, yanada unumli ishlash uchun nima yordam beradi? Xususan, ular tongda nimalar qiladi? Keling, shular bilan tanishib chiqamiz.

Erta uygʻonish
Vaqt nihoyatda qadrli neʼmatdir. Buni tushungan muvaffaqiyat sohiblari sahargi 5:30, 4:30, hatto 4:00 da turishga odatlanishgan. Ular nafaqat vaqt ustidan hukmronlik qilishadi, balki muhim ishlarni ertaroq boshlashadi.
Shunday ekan, uyqudan vaqtliroq turishga odatlaning, uygʻonish vaqtini har kuni 15 daqiqa ortga surib, sekin-asta erta turishga oʻrganing.

Mashq bajarish
Ertalabdan jismonan tetik boʻlish uchun yengil mashqlar bajaring. Mashgʻulotlar sizni faqat sogʻlom qilibgina qolmay, irodangizni mustahkamlaydi, stresslarga kurashuvchanligingizni oshiradi. Mashq qilish uchun vaqt belgilab oling. Bir soat shugʻullanish sizni charchatib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun 10 daqiqa yugurish, yurish, turli mashqlar bajarish yetarli.

“Quvvat uchun muddat” soati
Intilishingiz soʻnmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Shuning uchun doim oʻzingizni ilhomlantirib turing. Buni yaxshi bilgan muvaffaqiyatli insonlar oʻzlaridagi gʻayratni oshirish uchun ancha vaqt sarflaydilar. Axir siz biror vazifani bajarishda davom etishingiz uchun ruhan tayyor boʻlishingiz kerak. Shunday ekan, bir oz vaqtni shijoatingizni oshirishga xizmat qiladigan hikoyalar, mashhur insonlar hikmatlarini oʻqishga ajrating.

Qiyin ishni avval boshlash
Muvaffaqiyatli shaxslar irodasi tongda ayni uygʻoq holda boʻladi. Shundan foydalanib, ular oʻzlari uchun eng murakkab vazifani bajarib oladilar. Natijada ishni bitirish ancha silliq kechadi. Shu bois har kun uchun eng qiyin bir vazifani tanlab, uni nonushtagacha bajarishni odatqiling.

Turmush oʻrtogʻi bilan muloqot qilish
Ertalab maʼlum vaqtni turmush oʻrtogʻingiz bilan aloqani tiklash yoki mustahkamlashga ajrating. U bilan rejalaringiz, moliyaviy ahvolingiz, hatto qiziqishlaringiz haqida suhbatlashing. Bu, sizga ular hayotida oʻz oʻrningizni saqlab qolishga yordam beradi. Ayni tong chogʻida fikrlar jamlangan boʻladi. Shuning uchun er-xotin suhbatini anʼanaga aylantirish juda muhim.

Puxta reja ishlab chiqish
Vaqtingizdan bir necha daqiqasini bugungi kuningiz yoʻnalishini belgilab olish uchun bagʻishlamasangiz, qanday qilib kuningiz unumli boʻlishini taʼminlaysiz? Hayotdagi maqsadlaringizni bir bor koʻz oldingizga keltirib, kelgusi kun asosiy vazifalarini koʻrib chiqing. Bunga 10 daqiqa ajratishni odat qilsangiz, ishlaringiz tartibli boʻladi, kuningiz tushkunliklarsiz oʻtadi.

Miyani “tozalash”, mulohaza yuritish
Sukut saqlang, duo qiling, turli yomon fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang. Yodda tuting: 90 foiz kasalliklar siqilish oqibatida kelib chiqadi. Shunday ekan, koʻnglingizni xira qiladigan narsalarni unuting.

Vaqtni bolalar bilan oʻtkazish
Farzandi borlar uchun muhim maslahat. “Meni bolam birpasda katta boʻlib qoldi-ya! U bilan koʻp vaqtimni oʻtkazolmadim”, deb afsuslanadigan ota-onalardan biriga aylanib qolmang Erta tongda qizalogʻingiz yoki oʻgʻlingizga kiyinishda yordamlashing, oʻzgacharoq nonushta tayyorlab bering, ularning orzulari haqida suhbat quring. Ishingiz oilaviy hayotingizga xalaqit bermasin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotda koʻproq muvaffaqiyatga erishishni xohlaysizmi?