13:12 / 05.04.2019
3 809

Xotirani yaxshilashda foyda beradigan mahsulotlar

Xotirani yaxshilashda foyda beradigan mahsulotlar
Olimlar inson xotirasini yaxshilaydigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi. Bu haqda «Zvezda» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, gap temir, rux va B guruhi vitaminlariga boy ovqat haqida ketmoqda.

Olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, zaytun moyi, tuxum va yong‘oq inson xotirasiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Zaytun moyi miya qarishini susaytiradi, deya aniqlik kiritgan tadqiqotchilar. Tuxumda xotirani yaxshi holatda saqlaydigan B va D vitaminlar guruhlari mavjud. Yong‘oqlar esa miyani qon bilan ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan foydali yog‘lar va aminokislotalarga ega.

Bundan oldin, piyoz va sarimsoq ichak saratoni xavfini pasaytirishi ma’lum bo‘lgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotirani yaxshilashda foyda beradigan mahsulotlar