21:00 / 18.04.2019
7 648

Mashhur “pensioner”lar va ularning yosh xotinlari (foto)

Mashhur “pensioner”lar va ularning yosh xotinlari (foto)
Sevgi yosh tanlamaydi, deyishadi. Baʼzan juftliklarning yoshi orasida katta farq boʻlsa-da, ular turmush qurishdek jiddiy niyatni bildirishmoqda. Hayotda bundaylarni koʻp uchratamiz. Odatda, ularning munosabatlari qizgʻin muhokamalarga boy boʻladi. Ammo juftliklar oʻzlari haqidagi har qanday ijobiy yoki salbiy fikrlar bilan qiziqmaydilar va ularga javob ham qaytarishmaydi.
1. Ivan Krasko va Natalya Shevel. Yosh farqi-60.
24 yoshli Natalya Shevel oʻz turmush oʻrtogʻi 84 yoshli Ivan Krasko bilan institutda tanishib qoladi. Ivan Krasko Rossiya xalq artisti. Ular oʻrtasidagi yosh farqi koʻpchilikka yoqmaydi, eng qizigʻi juftlikni boshqalarning fikri qiziqtirmaydi. Ular atrofidagilarga baxtli ekanliklarini aytishadi.

2. Xyu Xefner va Kristal Xarris. Yosh farqi-60.
Bundan besh yil avval 85 yoshli Playboy jurnalining asoschisi 25 yoshli model Kristal Xarris bilan unashtirilganini eʼlon qiladi. Ular ikki yil uchrashib yurishadi. Bu orada esa janjallashishga hamda unashtiruvni bekor qilishga ham ulgurishadi. Ammo keyinchalik fikrlaridan qaytib, munosabatlarini tiklashadi.

3. Armen Jigarxanyan va Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya. Yosh farqi-45.
79 yoshli aktyor va 34 yoshli Vitalina oʻrtasidagi munosabatdan hammaning xabari bor. Jigarxanyan sobiq turmush oʻrtogʻi Tatyana Vlasova bilan 6 yil oldin ajrashgan. Hozirda sevishganlar Moskvada turishadi.

4. Andrey Konchalovskiy va Yuliya Vыsoskaya. Yosh farqi-36
17 yil davomida Andrey Konchalovskiy to'rtinchi marta - aktrisa va oshpaz Yuliya Vыsoskayaga uylanadi.

5. Ronni Vud va Salli Xamfris. Yosh farqi-31
“The Rolling Stones” gruppa gitarachisi Ronni Vud 2008 yil xotini Jo bilan 23 yillik turmushini bekor qiladi. Bu oilaning buzilishiga rossiyalik ofitsant qiz Yekatirina Ivanova sababchi boʻladi. Yekatirina va Ronnining munosabatlari uzoqqa bormaydi. Ular uch yildan keyin ajrashib ketishadi. Shundan keyin Ronni yangi sevgilisi, 34 yoshli Salli Xamfrisni uchratadi.

6. Klint Istvud va Kristina Sandera. Yosh farqi-33
Aktyor va rejissyor Klint xotini Dina bilan ajrashgach, “Mission Ranch” mehmonxonasining boshqaruvchisi Kristina bilan tanishib qoladi. 85 yoshli Istvud va Kristina hozirda birga yashashadi.

7. Vudi Allen va Sun-I Previn. Yosh farqi-35
1997 yil Vudi Allen va Sun-I Previn turmush qurishadi. Allen aktrisa Mia Ferrou bilan 12 yil yashagan.

8. Al Pachino va Lyuchila Sola. Yosh farqi-39
Joriy yilning mart oyida Al Pachino argentinalik doʻsti, aktrisa Lyuchila Sola bilan turmush qurishi haqidagi xabar bilan muxlislarini hayratda qoldirgan edi. Ular besh yildan beri uchrashib yurishadi va toʻy boʻlish ehtimoli borligini ham aytishgan.

9. Oleg Tabakov va Marina Zudina. Yosh farqi-30

10. Aleksandr Gordon va Nozanin Abdulvasiyeva. Yosh farqi-30

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mashhur “pensioner”lar va ularning yosh xotinlari (foto)